TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasi 1 avgustdan boshlab Moskva - Qarshi yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni tikladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, parvozlar Moskvadan Qarshiga chorshanba kunlari, Qarshidan Moskvaga payshanba kunlari amalga oshiriladi.
“Oktyabrdan boshlab reyslarni haftasiga ikki marotabagacha oshirish rejalashtirilgan. Chiptalar sotuvda”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, aviakompaniya Sankt-Peterburgdan Namanganga parvozlar yoʻlga qoʻyilganini ham maʼlum qildi. Parvozlar chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
Barcha parvozlar zamonaviy va qulay Airbus 320 samolyotlarida amalga oshirilishi aytilgan.