Jamiyat

Xavfli fleshmob: Yulduz Usmonovaga chora koʻriladimi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik Oʻzbekiston
Kiki Challenge fleshmob ishtirokchilarining hatti-harakatlari yoʻl harakati qoidalariga zid deb taʼkidladi, Sputnik tahririyatiga Toshkent shahar IIBB vakili

TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Kiki Challenge fleshmobida ishtirok etish inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlishi mumkin, dedi Sputnik muxbiriga Toshkent shahar IIBB vakili.

Kiki Challenge ot Yulduz Usmanovoy - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Internetda Yulduz Usmonovaning raqsi hammani hayratga soldi

Fleshmobning mohiyati shundaki, bunda amerikalik qoʻshiqchi Dreykning In My Feelings qoʻshigʻiga raqsga tushib, harakatlarda yurak urishini tasvirlash kerak. Bu raqsni koʻpchilik harakatlanayotgan mashinadan chiqib amalga oshiradi.

Toshkent IIBB maʼlum qilishicha, yoʻl xavfsizligi harakati qoidalariga koʻra, mashina harakatlanayotgan vaqtda tana aʼzolarini (qoʻllardan tashqari) mashina salonidan chiqarish taqiqlanadi.  

Bundan tashqari, yoʻl harakati qoidalariga koʻra, agar bu xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq boʻlmasa, piyodalar yoʻl qismiga chiqqanda, u yerda turib qolishi yoki toʻxtashi mumkin emas.

Yoʻlovchilar trotuar yoki yoʻl chekkasida mashinaga chiqish va tushishni transport vositasi toʻliq toʻxtagandan soʻng amalga oshirishlari zarur. Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda mashina eshigini ochish taqiqlanadi.

Xavfli fleshmobda oʻzbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova ham ishtirok etdi. Toshkent IIBB taʼkidiga koʻra, sanʼatkor bu raqsni Oʻzbekiston hududida amalga oshirmaganligi uchun uni yoʻl harakati qoidalarini buzganligi boʻyicha javobgarlikka tortib boʻlmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala