Abituriyentlar imtihon natijalarini Telegram orqali bilishlari mumkin

© Sputnik / Kirill KallinikovMessendjer Telegram na ekrane telefona
Messendjer Telegram na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda tushirilgan xizmat yordamida bugungi kundan boshlab test natijalarini bilib olish maqsadida so‘rov yuborilishi mumkin.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik.  Abituriyentlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga topshirilgan imtihonlarning natijalarini mobil telefon orqali Telegram ilovasida bilib olishlari mumkin, deb xabar berdi Click kompaniyasi.

Glava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston
Test natijalarini qayta ishlaydigan xodimlar natijalar e’lon qilinguncha DTMda yashaydi

Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda tushirilgan xizmat yordamida bugungi kundan boshlab test natijalarini bilib olish maqsadida so‘rov yuborilishi mumkin.

"Natijalar oshkor qilinishidan avval qabul qilingan so‘rovlarga birinchi navbatda ishlov beriladi. Abituriyentlar imtihonlarning aniq sanasini, joyini va vaqtini, o‘z pasportining raqamini http://testday.dtm.uz/ saytida kiritib bilib olishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.

So‘rovlar Telegram bot, Click Uzbekistan ilovasi yoki USSD-menyu orqali yuborilishi mumkin. Xizmat narxi 2300 so‘m.

O‘zbekistonda 1-avgustdan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari boshlandi. Imtihonlar 15-avgustgacha davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0