O‘zbekistonlik qurolsozlar xalqaro armiya tanlovida uchinchi o‘rinda borishmoqda

© Sputnik / Aleksandr KrajevIV Armeyskie mejdunarodnie igri v Novosibirskoy oblasti
IV Armeyskie mejdunarodnie igri v Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlovning uch bosqichi natijalariga ko‘ra Rossiya jamoasi birinchi o‘rinda bormoqda. Qozog‘iston va O‘zbekiston jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab turishibdi.

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. Penzadagi ArMI-2018 o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi reaktiv tizimlarni ta’mirlash bo‘yicha tanlovda uchinchi o‘rinni egalladi.

ArMI-2018, uzbekskie voyenoslujashie - Sputnik O‘zbekiston
ArMI-2018: harbiylar O‘zbekiston sha’nini qaysi yo‘nalishlarda himoya qiladi?

"Qurolsoz usta" tanlovida jamoalar oldiga “Grad” reaktiv tizimidagi ehtiyot qismlarni o‘rnatish, jangovar mashina g‘ildiragini almashtirish  hamda undan o‘t ochish vazifasi qo‘yildi, deb xabar berdi Armiya o‘yinlari matbuot xizmati.

Tanlovning uch bosqichi natijalariga ko‘ra Rossiya jamoasi birinchi o‘rinda bormoqda. Qozog‘iston va O‘zbekiston jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab turishibdi. Tanlov besh bosqichda o‘tkaziladi, unda olti mamlakat jamoasi ishtirok etmoqda. G‘olib 5-avgust kuni aniqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0