Siyosat

Gavhar Zokirova: oʻzbeklar va tojiklar - ikki tilda soʻzlashadigan yagona xalqdir

© Mejdunarodnыy press-klubNarodnaya artistka Uzbekistana Gavxar Zakirova
Narodnaya artistka Uzbekistana Gavxar Zakirova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi yangicha doʻstlik munosabatlari xususida fikrlari bilan oʻrtoqlashdi

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova Xalqaro Press klubda boʻlib oʻtgan "Oʻzbekiston-Tojikiston: davlatlararo hamkorlik, oʻzaro ishonch va umumiy manfaatlar" mavzusida oʻtkazilgan sessiya davomida oʻzbek-tojik aloqalarining tiklanishi haqida oʻz fikrlarini bildirdi.  

Prezidentы Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tojikiston Oʻzbekiston bilan hamkorlikdan katta istiqbollarni koʻrmoqda

"Esimda, chegaralar ochilgan vaqtdagi kadrlarni namoyish etishganida, odamlar koʻz yoshlar bilan bir-birlarini bagʻirlariga bosishgan edi. Sanʼat sohasi vakillari ham ushbu tadbirda ishtirok etgandi. Bu odamlar yillar davomida kutgan quvonchli lahzalar edi! Odamlarning oʻz qarindoshlarini koʻrishi, otalarning oʻz bolalari bilan uchrashishi, oddiy odamlar, chegaralar ochilgani tufayli oʻzini baxtli his etdi. Oʻylaymanki bu katta baxtdir”, - deb taʼkidladi Gavhar Zokirova.  

Shundan soʻng, xalq artisti Dushanbega borish hozir Chilonzorga borishdek oson boʻlgan davrlarni esga oldi.

"Oʻz vaqtida biz Dushanbega hozir Chilonzorga borgandek oson borar edik. Chiptani olasizu, samolyotga oʻtirasiz, tamom. Oʻzimiz juda koʻp borganmiz, teatrlarimiz juda koʻp gastrollarda boʻlgan, u yerda bizning artistlarimizni hamma tanir edi. Ajoyib tarzda kutib olardilar, orqamizdan muxlislar galasi yurardi", - deb esga oladi sanʼatkor.

Zokirovaning soʻzlariga koʻra, tojikistonlik tomoshabinlar juda oddiy, samimiy va mehribon boʻlgan.

Ministr kulturы Uzbekistana Baxtiyar Sayfullayev - Sputnik Oʻzbekiston
Sayfullayev oʻzbek-tojik munosabatlari haqida: doʻstligimiz abadiy boʻladi

"Qanday qilib ikki xalqni: oʻzbek va tojik xalqlarini ajratish mumkin? Bu ikki tilda soʻzlashadigan yagona xalqdir. Va nihoyat eng asosiysi, biz bir-birimizni juda sogʻingan ekanmiz. Nihoyat birgamiz, endi tez-tez uchrashib turishimiz, ular oʻzlarining spektakllari bilan bu yerga keladilar, biz boramiz. Madaniy va sanʼat sohasidagi hamkorligimiz doimiy davom etsin. Biz har doim birga boʻlishimizga hech qachon toʻsiqlar boʻlmasin. Xalq uchun bu eng asosiy baxt”, - deb qoʻshimcha qildi xalq artisti.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 1-4 avgust kunlari Tojikiston delegatsiyasi tashrif buyurdi. Uning tarkibiga 55 nafar sanʼant, fan va taʼlim vakillari kirdi. Ikki davlat vakillari aloqalarni mustahkamlash va kelgusi yilga hamkorlik rejalarini tuzishdi.  

Yangiliklar lentasi
0