Toshkentda ichki ishlar xodimlari va bir guruh yoshlar o‘rtasida mojaro yuzaga keldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoilarda ichki ishlar xodimlari va bir guruh yoshlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani aks etgan video rolik tarqatildi

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Kuni kecha Facebookdagi guruhlardan birida Toshkentda ichki ishlar xodimlari va bir guruh yoshlar o‘rtasida yuzaga kelgan holat haqida video paydo bo‘ldi.

Toshkent IIBB delegatsiyasi Koreya politsiyasi ish faoliyati bilan tanishdi

Video qachon va kim tomonidan tasvirga olinganligi noma’lum.

Ushbu videoda huquq tartibot idoralari xodimlari ikki nafar yigitni ichki ishlar bo‘limiga olib ketishga harakat qilayotgani tasvirga olingan.

Videodagi yigit ularga o‘z hujjatlarini ko‘rsatgan, biroq militsiya xodimlari baribir uni ichki ishlar bo‘limiga olib ketishga urinishgan.

Kadrlarda ichki ishlar xodimlari ushbu yigitga ortiqcha kuch ishlatmasdan hushmuomalik bilan harakat qilishganini ko‘rish mumkin. Biroq rolik qahramoni ichki ishlar xodimlarining xizmat mashinasiga o‘tirish haqidagi talabiga rioya qilmasdan, ularga e’tiroz bildiradi.   

Ehtimol, bu yigitlar ko‘chada mast holda tartibbuzarlik qilgan bo‘lsalar, ichki ishlar xodimlarining e’tiborini jalb qilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu yigit tomonidan ko‘rsatilgan hujjatlar haqiqiyligi huquq tartibot organlari xodimlarida shubha uyg‘otgan bo‘lishi ham mumkin.

Shu sababli militsiya xodimlari bu holatga aniqlik kiritish uchun ichki ishlar bo‘limida tekshirishni lozim deb topishgandir.

"Hozirgi vaqtda bu video bo‘yicha barcha materiallar ichki ishlar xodimlari tomonidan qayta o‘rganilmoqda. Bu video eski bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘sha joyda mushtlashuv bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas. Ushbu holat bo‘yicha batafsil axborot beriladi", - deb xabar qildi Sputnik muxbiri Toshkent shahar IIBBga asoslangan holda.

Yangiliklar lentasi
0