Tojikiston O‘zbekiston bilan hamkorlikdan katta istiqbollarni ko‘rmoqda

© Press-slujba prezidenta RUzPrezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon
Prezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarlarimizning qat’iy siyosiy irodasi tufayli do‘stligimiz qayta tiklandi, hamkorliklar rivojlanmoqda. Buni xalqlarimiz hech qachon unutmaydi, deb ta’kidlashdi Toshkentga kelgan Tojikiston Do‘stlik delegatsiyasi vakillari

TOShKENT, 3 avg – Sputnik, Dilshoda Raxmatova. Tojikiston O‘zbekiston bilan hamkorlikdan katta istiqbollarni ko‘rmoqda, deb ta’kidlandi payshanba kuni Xalqaro Press klubda o‘tgan uchrashuvda.

Ministr kulturi Uzbekistana Baxtiyar Sayfullayev - Sputnik O‘zbekiston
Sayfullayev o‘zbek-tojik munosabatlari haqida: do‘stligimiz abadiy bo‘ladi

Eslatib o‘tamiz, 1-4 avgust kunlari O‘zbekistonga Tojikiston Madaniyat vaziri Orumbekzoda Shamsiddin rahbarligida Do‘stlik delegatsiyasi tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.

Tomonlar o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish, munosabatlarning hozirgi holati va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar hamda jurnalistlar savollariga javob berdilar.

Tojikiston prezidenti Ijro apparati tashqi aloqalar boshqarmasi rahbari G‘ulomjon Jo‘rayev O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo aylanmalari o‘n karra oshganligini ma’lum qildi.

"O‘zbekiston Tojikiston uchun yirik savdo hamkori bo‘lib kelgan. Ammo "muzlik davri" tufayli o‘rtamizdagi savdo aylanmalari nolga tushib qolgan edi. Lekin agar ikki-uch yil oldin savdo aylanmasi atigi 12 million dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2017-yilda bu ko‘rsatkich 126 million dollarni tashkil qildi, 2018-yilning birinchi olti oyida esa 128 millionni. Savdo aylanmasi o‘n karra oshdi", - deb ta’kidladi Jo‘rayev.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari qanday masalalarni muhokama qilishdi

Siyosatchining aytishicha, 2018-yilning birinchi yarmida 700 ming o‘zbekistonlik Tojikistonga kelgan va yana shuncha tojikistonlik O‘zbekistonga borgan.

Tojikiston Parlamenti qo‘mita raisi Lutfiya Rajabboyeva ham ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik "katta istiqbolga egaligini" qayd etgan holda, tomonlar madaniyat, mudofaa, suv va energetika resurslari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishi mumkinligini qayd etdi.

"Ilm-fan sohasini alohida qayd etmoqchi edim. Ilgarilari biz O‘zbekiston bilan ushbu sohada yaqindan hamkorlik qilganmiz. Jumladan, men Toshkentda o‘tkazilgan konferensiyalarda ko‘plab marotaba ishtirok etganman. Ammo afsuski, oxirgi yillarda bunday anjumanlarda biz ishtirok etmadik", - dedi Rajabboyeva va hozirgi vaqtga kelib ikki mamlakat oliy dargohlari o‘rtasida ko‘plab kelishuvlar imzolanganini qo‘shimcha qildi.

Prosmotr zapreshennix agitatsionnix materialov - Sputnik O‘zbekiston
"Islom davlati" o‘ziga qasamod qilgan tojikistonlik terrorchilar videosini tarqatdi

Tojikiston parlamenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu kelishuvlar kelajakda o‘zbekistonlik talabalarga Tojikistonda va o‘z navbatida tojikistonlik talabalarga O‘zbekistonda tahsil olish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek o‘qituvchilar almashinuvi ham bo‘lishi mumkin.

Hozirda butun dunyoda siyosiy vaziyat keskin tus olgan bir vaqtda, terrorizm va ekstremizm yangidan yangi mamlakatlarga changal solayotgan bir davrda siyosiy holat hozirgacha o‘nglanmagan Afg‘oniston bilan chegaradosh O‘zbekiston va Tojikistonning yaqin hamkorligi, kuchlar birlashuvi albatta o‘zining ijobiy samarasini beradi, ikkala davlat vakillari ikki o‘rtada rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun bor kuchini ayamaydi, deya ta’kidladi Rajabboyeva

Yangiliklar lentasi
0