Hodisalar

Ichki ishlar xodimlari bilan mojaro chiqarganlarning barchasi mast holda boʻlgan – Toshkent SHIIB

© Sputnik / StringerMilitsiya
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Uchala huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzildi.

 

TOSHKENT, 4 avg – Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlarining ikki yigit va bir nafar qizni tartibga chaqirib, ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini koʻrsatishini va ichki ishlar boʻlimiga borishini soʻrab murojaat qilgani tasvirlangani tarqalgan videolavha boʻyicha bayonot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2018 yilning 5 iyulidan 6 iyuliga oʻtar kechasi, soat taxminan tungi 3:30da 26 yoshli B.Artyom, 21 yoshli F.Nikita hamda 23 yoshli S.Aleksandralar mast holda Yunusobod tumanining Istiqlol koʻchasi avtomobil qatnov yoʻlidan yurib, transportlar qatnoviga xalal berishgan, odamlar orom olayotgan vaqtda shovqin koʻtarib, jamoat tartibini buzganlar.

Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda ichki ishlar xodimlari va bir guruh yoshlar oʻrtasida mojaro yuzaga keldi

Voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimlari yoshlarni qatnov qismini tark etib, trotuardan yurishga chaqirishgan. Biroq ular xodimlarning talabini bajarishdan bosh tortishgan, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni ham istashmagan. Ulardan ikki nafari hujjatlari yonida emasligini aytgan boʻlsa, Artyom pasportini huquq posbonlarining qoʻliga bermagan.

“Shundan soʻng, ulardan xodimlar bilan birga ichki ishlar boʻlimiga borishlari soʻraldi. Biroq, qoidabuzarlar qonun himoyachilarining qonuniy talablarini rad etishdi. Qolaversa, axloq-odob chegarasidan oʻtib, oʻzlarini tuta bilishmadi”, deyiladi bayonotda.

Shunga koʻra, uchala huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzildi. Oʻz navbatida, Yunusobod tuman maʼmuriy sudi B.Artyomni Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 194-moddasiga (“Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) muvofiq aybdor deb topib, unga nisbatan jarima belgilash haqida qaror qabul qildi. Qolgan ikki nafar huquqbuzarlarga esa ogohlantirish berildi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala