Jamiyat

Oliy oʻquv yurtlarining sirtqi taʼlim shakliga test sinovlari 20 avgustdan boshlanadi

Vazirlik oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari oʻtkaziladigan binolar roʻyxatini ham eʼlon qildi.

TOSHKENT, 4 avg – Sputnik. Respublika oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim shakliga test sinovlari 20 avgustdan boshlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, test sinovlari ikki smenada oʻtkaziladi.

Shuningdek, vazirlik oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari oʻtkaziladigan binolar roʻyxatini ham eʼlon qildi.

Oʻzbekistonda ayni kunlarda oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun test sinovlari boʻlib oʻtmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala