Test natijalari bo‘yicha apellyatsiya shikoyati berish tartibi ma’lum qilindi

© Foto : Facebook / Aziz Abdukhakimov・Aziz AbduxakimovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 20-avgustdan 30-avgustgacha apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lumot berildi.

Unda aytilishicha, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 20-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq, dam olish kunlarisiz o‘n bir kalendar kuni ichida) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Glava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston
Test natijalarini qayta ishlaydigan xodimlar natijalar e’lon qilinguncha DTMda yashaydi

Abituriyentga apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida uch ish kuni ichida xabarnoma beriladi.

Apellyatsiya shikoyati Davlat test markazida hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlarida qabul qilinadi.

Apellyatsiya shikoyatiga abituriyent ruxsatnomasining nusxasi ilova qilinishi kerak.

Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Apellyatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
2 avgust kuni 480dan ortiq abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi

Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.

Abituriyent apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0