Jamiyat

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasida lavozimiy tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana
Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidentining farmoniga asosan Mavlonov Akmalxoʻja Yusupovich Oʻzbekiston Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining farmoniga asosan Mavlonov Akmalxoʻja Yusupovich Oʻzbekiston Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

A.Mavlonov 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Margʻilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yil boshidan buyon 63 mingdan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi – Bosh prokuratura

2018 yilning fevral oyidan shu vaqtgacha Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidentining farmoniga asosan Rahimov Dilshod Faxriyevich Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

D.Rahimov 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan bosh prokuratura boʻlim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Oʻzbekiston Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Muhamedov Umidjon Salimovich Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

U.Muhamedov 1998 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1998 yilda Toshkent harbiy prokuraturasida boshlab, Oʻzbekiston Harbiy prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2010 yildan bosh prokuratura boʻlim katta prokurori, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi, Ohangaron tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bosh prokuraturada yangi tayinlov amalga oshirildi

Avval Bosh prokuratura qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan Achilov Jamol Alisherovich Bosh prokuratura qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

J.Achilov 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ish faoliyatini 2008 yilda Adliya vazirligi iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida boshlab, vazirlikda turli lavozimlarda, 2015 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Avval Bosh prokuratura bojxona va soliq sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala