Jamiyat

Oʻzbekiston “Yoʻl patruli” tanlovida yetakchilar qatoriga chiqdi

© Sputnik / Grigoriy SыsoyevMejdunarodnыy etap konkursa "Dorojnыy patrul"
Mejdunarodnыy etap konkursa Dorojnыy patrul - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar joriy yilda jami 27 yoʻnalish boʻyicha boʻlib oʻtayotgan "Xalqaro armiya oʻyinlari-2018"ning 13 ta yoʻnalishida mamlakat shaʼnini himoya qilishmoqda.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Oʻzbekiston, Rossiya va Xitoy terma jamoalari “Armi-2018” xalqaro armiya oʻyinlarining “Yoʻl patruli” tanlovida yetakchi boʻlib olishdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Musobaqalar natijalariga koʻra, Rossiya jamoasi 1-, XXR jamoasi 2- va Oʻzbekiston jamoasi uchinchi oʻrinda bormoqda", - deyiladi xabarda.

Avvalroq ArMI-2018 oʻyinlarida Oʻzbekiston jamoasi reaktiv tizimlarni taʼmirlash boʻyicha tanlovda uchinchi oʻrinni egallagani xabar qilingandi.

Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar joriy yilda jami 27 yoʻnalish boʻyicha boʻlib oʻtayotgan "Xalqaro armiya oʻyinlari-2018"ning 13 ta yoʻnalishida mamlakat shaʼnini himoya qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala