O‘zbekiston va Afg‘oniston yuklarni tranzit tashishga kelishib oldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRabochie gruzat tovar v furu, arxivnoe foto
Rabochie gruzat tovar v furu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjat yuklarni tashish borasida qulay sharoitlarni yaratishga, O‘zbekistonning trazit salohiyatini oshirish va ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

TOShKENT, 4 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida yuklarni tranzit tashish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV.

V AK Uzbektelekom proshli peregovori s rukovodstvom telekommunikatsionnogo operatora Afghan Wireless Communication Company (AWCC) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘onistonga internet xizmatlarini eksport qiladi

Vazirlikning bildirishicha, bitim tomonlarning ikki davlat hududi orqali yuklarni transit tashishni amalga oshirishdagi rasmiyatchiliklarni qisqartirish va mexanizmlarini belgilash bo‘yicha hamkorligi uchun huquqiy asos yaratadi.

"Ushbu hujjat qoidalariga ko‘ra tomonlar bir-birlariga o‘z davlatlari hududlari orqali yuklarni tranzit tashish huquqini taqdim etadilar hamda temir yo‘l orqali tranzit tashishda yuklar hajmining oldindan muvofiqlashtiruvini amalga oshiradilar", - deyiladi xabarda.

Hujjat yuklarni tashish borasida qulay sharoitlarni yaratishga, O‘zbekistonning trazit salohiyatini oshirish va ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Mazkur bitim 2017-yilning 5-dekabr kuni Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0