O‘zbekistonda tokzorlar maydoni ko‘paytiriladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishSbor fruktov v Krimu
Sbor fruktov v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga vinochilik rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, sertifikatlangan uzum navlari qalamchalarini olib kelish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirildi.

TOShKENT, 4 avg -Sputnik. O‘zbekistonda uzumchilikni va uzumni qayta ishlashni keskin rivojlantirish, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangi quvvatlar tashkil etish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Dasturni tayyorlashda vinobop tokzorlar va zamonaviy ko‘chatxonalar tashkil etish uchun vinochilik korxonalariga 10 ming emas, 20 ming gektar yer maydoni ajratib berish choralari hisobga olinadi.

O‘zlashtirilmagan yoki samarali foydalanilmayotgan yer maydonlarini vinobop tokzorlar tashkil etish uchun klaster usulida xususiy mulkdorlarga berish yuzasidan manzilli choralar ishlab chiqiladi.

Xabarda aytilishicha, yangi dasturga tarmoq eksportini keskin oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ham kiritish kerakligi qayd etildi.

Shuningdek, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga vinochilik rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, sertifikatlangan uzum navlari qalamchalarini olib kelish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirildi.

 

Yangiliklar lentasi
0