Bugungi kunga qadar 177 ming abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi

Obuna bo‘lish
4 avgust kuni test sinovlarida 56 949 nafar abituriyent ishtirok etdi.

TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Kecha, 4-avgust kuni bo‘litb o‘tkazilgan test sirnovlarida 56 949 nafar abituriyent ishtirok etdi, deb xabar qildi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining sahifasida.

“Test sinovlarida 15 ta oliy ta’lim muassasalarining 80 ta ta’lim yo‘nalishida 56 ming 949 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga ko‘ra 1221 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, 194 abituriyent test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli – kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi, bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirilgan. 

Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov - Sputnik O‘zbekiston
Oliy o‘quv yurtlarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari 20-avgustdan boshlanadi

DTM saytidaga ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan to‘rt kun davomida 177 061 nafar abituriyent test sinovlarini topshirishga ulgurgan.

Eslatib zo‘tamiz, bu yilgi test sinovlarini 1 – 15-avgust kunlari, maxsus tanlab olingan va jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilmoqda. 

Test sinovlari o‘tkaziladigan 57 ta binoda yong‘in va xavfsizlik choralari ko‘rildi, abituriyentlar uchun barcha auditoriyalarda ichimlik suvi hamda barcha binolarda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi tashkil etildi.

Abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylarda joylar tashkil qilindi va u yerda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko‘rinishda yoritib borildi.

4 avgust kuni respublikadagi 15 ta oliy ta’lim muassasalarida test jarayonlari bir vaqtda 1-smenada 8.00dan boshlanib, 11.30ga qadar va 2-smenada 15:00 dan boshlanib, 18:30 ga qadar o‘tkazildi.

Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Kirish imtihondagi o‘yinlar: uddaburon abituriyentlar sinovdan chetlashtirildi

Undan tashqari, ilk bor test sinovlari UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritildi.

Test sinovlarini qonunga muvofiq ravishda o‘tkaiz maqsadida, ichki ishlar tizimidan 4 963 ta shaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektorlar, 289 ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilindi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 396 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.

4 avgust test natijalari 5-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0