TOSHKENT, 5 avg – Sputnik. Inkassator avtomobili haydovchisi Ravshan Rasulovga 2,5 yil qamoq jazosi berildi, deb xabar qilmoqda Respublika Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning fevral oyida Osiyo va Amir Temur koʻchalari kesishmasida 72-sonli yoʻnalishli avtobus va toʻqnashuvi sodir boʻlgan edi. Rasulov boqaruvidagi “Kamaz” rusumli inkassator avtomobili, YPX kuzatuvi ostida Osiyo koʻchasidan harakatlayotgan vaqtida, chorrahada qizil chiroq yonadi. Chorrahada xavfsizlikni taʼminlash maqsadida YPX avtomobillari chorrahada toʻxtaydi. Inkassator haydovchisi esa, xavfsizlikka amin boʻlmasdan turib, harakatlanishda davom etadi va avtobusga borib uriladi.
YTH oqibatida avtobus haydovchisi joyida vafot etadi, 8 nafar yoʻlovchi turli darajad jarohatlanadi.
Sud-tergov jarayonida, ekspert inkassator haydovchisi YHQning 6 boʻlimining 25 punktini buzganlikda aybdor deb topishdi. Ekspertla fikriga koʻra, avtobus haydovchisida YTHning oldini olish imkoni boʻlmagan, vaholanki inkassator haydovchisida ushbu imkoniyat mavjud boʻlgan.
Shuningdek, Ravshan Rasulov ushbu qoidabuzarlikni xizmat vazifasini oʻtash vaqti amalga oshirganligi tufayli, uning ish beruvchisi – Respublika inkassatorlik xizmatidan jabrlangan tomonlar foydasiga 320 mln soʻm moddiy va maʼnaviy zarar undiriladi.