Hodisalar

Toshkentda Post-patrul xizmati rahbari oʻz kabinetida oʻldirib ketildi

© Press-klubDilshod Akramov – nachalnik Upravleniya pravoporyadka GUVD g. Tashkent
Dilshod Akramov – nachalnik Upravleniya pravoporyadka GUVD g. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Iyul oyida IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan Dilshod Akramov oʻz kabinetida pichoqlangan holatda topilgan

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. Oʻzbekiston IIV Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi Dilshod Akramov oʻz xizmat xonasidan oʻlik holatda topilgan, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga huquqni muhofaza qilish organi xodimi.

Nachalnik GUVD Tashkenta Kurbanov Baxodir - Sputnik Oʻzbekiston
General-mayor Qurbonov: Militsiya - eng olijanob kasb!

"Akramov 4 avgust kuni kechki payt soat 21.00 atrofida oʻz kabinetida oʻlik holatda topilgan. Unga oʻtkir tigʻli jism (pichoqligi taʼkidlanmoqda) bilan tan jarohati yetkazilgan. Qotillik alomatlari ayon", - dedi Sputnik muxbiriga hodisadan xabardor IIV vakili.

Taʼkidlanishicha, ayni vaqtda ushbu ish bilan Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi shugʻullanmoqda.

Shahar prokuraturasi ushbu holat yuzasidan hech qanday izoh bermayapti, savol bilan murojaat qilgan jurnalistlarni Bosh prokuraturaga murojaat qilishni maslahat bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, podpolkovnik Akramov Dilshod Baxtiyorovich iyul oyida IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0