TOSHKENT, 5 avg – Sputnik. Kecha 4 avgust kuni Toshkentdagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasiga tutash boʻlgan Boʻzkoʻcha koʻchasida avtotransport harakati qayta tiklanmoqda. Bu haqida IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
“Bugun, 4 avgust kuni Boʻzkoʻcha koʻchasining Buyuk ipak yoʻli koʻchasiga tutashgan qismida transportlar harakatini tiklash ishlari boshlab yuborildi. Ushbu koʻchaning ochilishi haydovchilar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratishi shubhasiz”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, oxirgi bir yarim yil davomida Toshkentda oldin avtomobil harakati toʻxtatib qoʻyilgan bir necha koʻchalarda avtomobil harakati qayta tiklandi.