Bosh prokuratura soliq va bojxona organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytiradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soliq va bojxona sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishga mas’ul Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasida soliq va bojxona organlari faoliyatini nazorat qiluvchi 493 shtat birligidan iborat yangi bo‘linma tashkil etiladi.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Bosh prokuraturasida lavozimiy tayinlovlar amalga oshirildi

Xususan, Bosh prokuratura tizimida soliq va bojxona sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishga mas’ul Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

Shuningdek, viloyat, shahar va tumanlarda mazkur yo‘nalishda prokuror o‘rinbosarlari va yordamchilari ish boshlaydi.

Ular soliq va bojxona idoralari tomonidan qonunchilik talablari so‘zsiz bajarilishi ta’minlanishini kuzatishi, mazkur sohalardagi qonunchilik holatini tizimli tahlil qilishi, qonun buzilishi va korrupsiya alomatlarini zudlik bilan bartaraf etishi lozim bo‘ladi.

Davlat soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda hisob palatasiga bir oy muddat ichida soliqlardan qochish, jismoniy shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi sabablari va mexanizmlarini o‘rganish topshirildi.

Shu yil 1-oktabrdan bozorlar va savdo majmualari tomonidan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishidan tushuvchi tushumlarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish bo‘yicha axborot tizimi ishlab chiqilib, joriy etiladi.

Yangiliklar lentasi
0