"Nazorat yanada kuchaytirildi": Abduxakimov bugungi test sinovlari haqida

© X. Paydoyev / Narodnoe slovoStudenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi

TOShKENT, 6 avg - Sputnik. Test sinovlari materiallari 5-avgust kuni test sinovlari o‘tkaziladigan 57 ta binoga yetkazildi, deb xabar qildi o‘zining Feysbukdagi sahifasida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.

Abituriyenti vo vremya ispitatelnix ekzamenov  - Sputnik O‘zbekiston
Bugungi kunga qadar 177 ming abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi

"Bugun test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Respublikadagi barcha viloyatlar oliy ta’lim muassasalarida test sinovlari davom etmoqda. Test sinovlari materiallari maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda test sinovlaridan bir kun avval (5 avgust kuni) test sinovlari o‘tkaziladigan 57 ta binoga yetkazildi2, - deyiladi xabarda.

Havo haroratining ko‘tarilishi sababli, abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylarda o‘rinlar tashkil qilingan va u yerda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko‘rinishda yoritib borilmoqda. Bino ichidagi havo harorati bir meyorda ushlab turilibdi.

Abituriyentlar uchun ichimlik suvi hamda barcha binolarda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi tashkil etildi.

Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamda nazoratchilar tomonidan nazorat yanada kuchaytirildi.

Olib borilgan ishlar natijasida test sinovlarining shaffof va adolatliligi ta’minlanib, abituriyentlar va ota-onalarning test sinovlarini o‘tkazishga nisbatan noroziliklari oldi olinmoqda.

Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov - Sputnik O‘zbekiston
Test natijalari bo‘yicha apellyatsiya shikoyati berish tartibi ma’lum qilindi

Test sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda 8:00 dan boshlandi. Test sinovlarida 14 ta oliy ta’lim muassasalarining 23 ta ta’lim yo‘nalishida 29 ming 316 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra 784 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 50 nafar abituriyent hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda test sinovlari boshlandi: jarayonni onlayn kuzatish mumkin

Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:30 da yakunlanadi. 2-smena 15.00da boshlanadi.

Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.

Yakuniy ma’lumotlar test sinovlari 1-smenada tugagunidan so‘ng taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0