Saviskiy muzeyi sobiq rahbari lavozimga qayta tiklanadimi - Madaniyat vaziri javobi

Obuna bo‘lish
Marinika Babanazarova 2015-yilning iyul oyida qariyb 32-yillik faoliyatidan so‘ng Saviskiy muzeyi rahbari lavozimidan bo‘shatilgan edi

TOShKENT, 6 avg - Sputnik. Marinika Babanazarovaning Saviskiy muzeyi rahbari lavozimiga qayta tiklanishi masalasi muzeyda bo‘lib o‘tayotgan xatlov yakunidan so‘ng o‘z yechimini topishi mumkin, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri Madaniyat vazirligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Kamola Akilova, zamestitel ministra kulturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Saviskiy muzeyidagi rasm 60 % emas 30-35 %ga zarar ko‘rgan – Akilova

Ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev qabulida bo‘lgan bir-necha fuqaro Igor Saviskiy nomidagi qoraqalpoq davlat san’at muzeyining sobiq rahbarini qayta lavozimga tayinlash taklifi bilan kelgan.

Vazir ular bilan suhbatda bo‘lib, hozirgi kunda barcha muzeylarda inventarizatsiya ishlari (eksponatlarni qayta xatlovdan o‘tkazish) amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan. Xatlov yakunidan so‘ng, bu masala bir yechimini topish mumkinligi va masalaga o‘rnatilgan tartibda yondashish lozimligini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Marinika Babanazarova 2015-yilning iyul oyida qariyb 32-yillik faoliyatidan so‘ng Saviskiy muzeyi rahbari lavozimidan bo‘shatilgan.

Yangiliklar lentasi
0