Yulduz Usmonova reper Shahriyor bilan “Kiki”ni kuyladi

© SputnikProsmotr klipa Yulduz Usmanovoy
Prosmotr klipa Yulduz Usmanovoy  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shiqni Yulduz Usmonova ingliz tilida, Shahriyor esa rus tilida ijro etgan.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova AQSh safaridan qaytib, o‘zbekistonlik reper Shahriyor bilan “In my feelings” qo‘shig‘ini kuyladi.

Kiki Challenge ot Yulduz Usmanovoy - Sputnik O‘zbekiston
Internetda Yulduz Usmonovaning raqsi hammani hayratga soldi

Qo‘shiqni Yulduz Usmonova ingliz tilida, Shahriyor esa rus tilida ijro etgan.

Ushbu qo‘shiqqa klip ham suratga olindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Yulduz Usmonova mashina oldida raqs tushgan videorolik internetda yashin tezligida tarqaldi. Unda san’atkor oxirgi payt trend bo‘layotgan "Kiki challenge" raqsini ijro etgandi.

Videorolik san’atkorning barcha muxlislarini hayrat va taajjubga solgandi. Videorolikni o‘zbekistonliklar qizg‘in muhokama qilishdi.

Yulduz Usmonova internetda bildirilgan tanqidlarga javob berdi.

“Hayotdan mamnun bo‘linglar. Bunchalik agresiv, negativ bo‘lish kerak emas. Opamni achig‘i keladi deb ovora bo‘lib o‘ylamanglar. Men hammalarini baribir yaxshi ko‘raman. Sizlar uchun “Kiki”ni o‘ynab yuraveramiz. Bilgan bo‘lsalaringiz, o‘rik oldida ham o‘yinga tushganmiz, shunda ham kayfiyatimiz yaxshi edi. O‘sha "Kiki"ni o‘ynagan kunimiz ham, to‘ylarni chiroyli o‘tkazib, zo‘r bo‘lgani uchun kayfiyat yaxshi edi. Bundan keyin ham kayfiyatimizni Olloh yaxshi qilsin. Sizlar uchun o‘yinga tushib yuraylik”, - deydi Yulduz Usmonova videorolikda.  

Yangiliklar lentasi
0