AQShlik tadbirkor Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida yuqori lavozimga tayinlandi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina zakrivayet portfel
Mujchina zakrivayet portfel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Davlat turizm qo‘mitasida turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek milliy turizm brendini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 7 avg - Sputnik.  Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan AQShlik tadbirkor O‘zbekiston Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

"Ulug‘bek Qosimxo‘jayev 1978-yili Andijonda tug‘ilgan. 2000-yili «Umid» dasturi bo‘yicha AQShning Peys universitetining biznes fakultetini tamomlagan. 2000-yildan 2002-yilgacha Andijon viloyati hokimligida, 2002-2005 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro apparatida ishlagan", - deyiladi xabarda.

2005 yili u Barri universitetida magistraturaga o‘qishga kiradi. O‘qishni tamomlaganidan keyin to 2013-yilga qadar Barri va Zanderberd universitetlarida dars beradi. So‘ng bir yil davomida investitsiya kompaniyasi direktori lavozimida ishlaydi. 2014-yildan esa turizm va xususiy mulk sohasidagi investitsion kompaniyani boshqaradi.

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Davlat turizm qo‘mitasida turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek milliy turizm brendini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekistonda davlat tuzilmalariga xalqaro tajribaga ega xorijlik mutaxassislarni taklif etish amaliyoti davom etmoqda. Bugungi kunda vazirlik va ma’muriyatlarda Turkiya, Janubiy Koreya, Gruziya va Rossiya fuqarolari turli lavozimlarda faoliyat yuritishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0