Siyosat

Afgʻonistonda 50 kishi AQSH aviazarbasi va toliblar hujumi oqibatida halok boʻldi

© SHAH MARAI / AFPPosledstviya vzrыva v Kabule
Posledstviya vzrыva v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston
"Tolibon" harakati yetakchisi Zabixullax Muxadjid hujumlar oʻtkazilganini tasdiqlagan, ammo jabrlanganlar haqida maʼlumot bermagan

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. AQSH Harbiy havo kuchlari tomonidan berilgan aviazarba hamda "Tolibon" harakati hujumlari oqibatida Afgʻonistonning sharqiy qismidagi Logar provintsiyasida 50 nafar tinch aholi va xavfsizlik kuchlari xodimlari halok boʻldi.

US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pompeo: AQSH harbiylari Afgʻonistonni yaqin oʻrtada tark etmaydi

Bu haqda RIA Novosti Pajvak agentgigiga tayangan holda xabar bermoqda.

Provintsiya kengashi aʼzosi maʼlumotiga koʻra, toliblar dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi "Tolibon" harakati jangarilari turli tomondan Azra tumaniga qarata muvofiqlashtirilgan hujumlarni amalga oshirishgan.

"Oʻttiz besh nafar xavfsizlik kuchlari xodimlari va tinch aholi ushbu toʻqnashuvda halok boʻlgan", - deya taʼkidlagan kengash aʼzosi Abdul Vali Vakil.

Erkakning soʻzlariga koʻra, yana 15 nafar politsiyachilar ularning KPPsi boʻylab AQSH tomonidan berilgan aviazarba oqibatida halok boʻlgan.

Agentlik xabariga koʻra, "Tolibon" yetakchisi Zabixullax Muxadjid hujumlar oʻtkazilganini tasdiqlagan, ammo jabrlanganlar haqida maʼlumot bermagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala