Afg‘onistonda 50 kishi AQSh aviazarbasi va toliblar hujumi oqibatida halok bo‘ldi

© SHAH MARAI / AFPPosledstviya vzriva v Kabule
Posledstviya vzriva v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tolibon" harakati yetakchisi Zabixullax Muxadjid hujumlar o‘tkazilganini tasdiqlagan, ammo jabrlanganlar haqida ma’lumot bermagan

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. AQSh Harbiy havo kuchlari tomonidan berilgan aviazarba hamda "Tolibon" harakati hujumlari oqibatida Afg‘onistonning sharqiy qismidagi Logar provinsiyasida 50 nafar tinch aholi va xavfsizlik kuchlari xodimlari halok bo‘ldi.

US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik O‘zbekiston
Pompeo: AQSh harbiylari Afg‘onistonni yaqin o‘rtada tark etmaydi

Bu haqda RIA Novosti Pajvak agentgigiga tayangan holda xabar bermoqda.

Provinsiya kengashi a’zosi ma’lumotiga ko‘ra, toliblar dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi "Tolibon" harakati jangarilari turli tomondan Azra tumaniga qarata muvofiqlashtirilgan hujumlarni amalga oshirishgan.

"O‘ttiz besh nafar xavfsizlik kuchlari xodimlari va tinch aholi ushbu to‘qnashuvda halok bo‘lgan", - deya ta’kidlagan kengash a’zosi Abdul Vali Vakil.

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, yana 15 nafar politsiyachilar ularning KPPsi bo‘ylab AQSh tomonidan berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘lgan.

Agentlik xabariga ko‘ra, "Tolibon" yetakchisi Zabixullax Muxadjid hujumlar o‘tkazilganini tasdiqlagan, ammo jabrlanganlar haqida ma’lumot bermagan.

Yangiliklar lentasi
0