Siyosat

Kurmanov Rossiya-Oʻzbekiston aloqalarining hozirgi holatini aʼlo deya baholadi

© Mejdunarodnыy press-klubAlisher Kurmanov - Predsedatel Komiteta Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan po voprosam mejdunarodnыx otnosheniy, vneshnix ekonomicheskix svyazey, inostrannыx investitsiiy i turizma
Alisher Kurmanov - Predsedatel Komiteta Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan po voprosam mejdunarodnыx otnosheniy, vneshnix ekonomicheskix svyazey, inostrannыx investitsiiy i turizma - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Rossiya aloqalari - strategik ahamiyatga ega aloqalardir, deb taʼkidlaydi senator Alisher Kurmanov

TOSHKENT, 7 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi senatori Alisher Kurmanov Toshkentda oʻtkazilgan matbuot-anjumani davomida Oʻzbekiston-Rossiya aloqalarining hozirgi holatiga izoh berdi.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

"Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari darajasi haqida gap borganda faqatgina "aʼlo", deya taʼrif berish mumkin. Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar, bu uzoq muddatli istiqbollarga asoslangan, samimiy ittifoqdoshlik, strategik munosabatlardir. Rossiya Federatsiyasi Oʻzbekistonning ishonchli hamkori va ittifoqdoshi boʻlgan va shunday boʻlib qoladi", - deb taʼkidladi Kurmanov.

Senator, shuningdek, ayni vaqtda Oʻzbekiston Senati raisining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi boʻyicha ishlar olib borilayotganini maʼlum qildi.

"Tashrif muddati va boshqa masalalar hali qoʻshimcha muhokama etiladi. Chunki oldinda undanda kattaroq (Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi demoqchi, tahr.) tashrif turibdi", - dedi Kurmanov.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 7 avgust kuni Toshkentdagi Milliy matbuot markazida Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining 2018 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatiga va kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala