Jamiyat

Oʻzbekiston prokuratura tizimida ikkita yangi rahbar tayinlandi

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisaniye dokumentov
Podpisaniye dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan prokuratura akademiyasi boshligʻining moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari va Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshligʻi tayinlandi.

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018 yil 7 avgustdagi buyrugʻiga asosan Uygʻun Uchqunovich Nigʻmadjonov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshligʻining moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Bosh prokuratura soliq va bojxona organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytiradi

U.Nigʻmadjonov 1981 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Yunusobod tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2007 yildan Bosh prokuratura boʻlim prokurori, boshqarma prokurori, katta prokurori, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2012 yildan shu vaqtgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018 yil 7 avgustdagi buyrugʻiga asosan Olimjon Burxonovich Nabiyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Bosh prokuraturasida lavozimiy tayinlovlar amalga oshirildi

O.Nabiyev 1987 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2009 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2011 yilda Zangiota tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2015 yildan Bosh prokuratura boʻlim prokurori, boshqarma tergovchisi, katta tergovchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi katta prokurori lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala