Turizm

Oʻzbekiston va Qozogʻiston kelishuviga koʻra Osiyo shengeni tez orada joriy etilishi mumkin

© Sputnik / Igor Mixalev / Fotobankka oʻtishUchastnik ekspeditsii v Karakumax
Uchastnik ekspeditsii v Karakumax - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlarida yagona vizani joriy etish taklifi Oʻzbekiston rasmiylari tomonidan yaxshi kutib olindi. Ayni kunda ikki davlat bu borada muhokamalarni boshlab yuborishgan

TOSHKENT, 7 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlatlari ayni kunda Osiyo shengeni - "Silk viza"ni joriy etish ustida ish olib borishmoqda. Bu haqda seshanba kuni Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Qurmanov maʼlum qildi.

Ansambl Poi-Kalon. Gorod Buxara - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekistonga kelganda, albatta boriladigan 10ta joy

Qurmanovning soʻzlariga koʻra, Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan parlamentlararo uchrashuv davomida ikkala davlat turistik salohiyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokamasi davomida Qozogʻiston tomon Oʻzbekistonga Markaziy Osiyoda shengen vizasiga oʻxshash yagona vizani joriy etish kerakligi taklifi bilan chiqqan. 

"Hozirda ikki davlat oʻrtasida ushbu yoʻnalishda tayyorgarlik oborilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari sayyohlariga yagona vizani berish Oʻzbekiston rejasida bor", - deb qayd etdi senator.

Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi Xalqaro boshqarma rahbari oʻrinbosari Feruz Dodiyev nega Oʻzbekiston Qozogʻistonning ushbu taklifini ijobiy qabul qilganini izohlar ekan, chet el safarlarida, xususan prezentatsiyalar davomida sayyohlar tomonidan Ipak Yoʻli brendi ostidagi turizm mahsulotlariga juda katta qiziqish bildirilishi kuzatilishini qayd etib oʻtdi.

Dariga Nazarbayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Dariga Nazarbayeva Oʻzbekiston bilan "shengen" viza tartibini oʻrnatishni taklif qildi

"Ushbu vizani joriy qilsak, Oʻrta Osiyo mamlakatlarida birlashtirilgan turlarni birgalikda chet bozoriga olib chiqish imkoniyati paydo boʻladi. Bu nafaqat Oʻzbekiston, balki qoʻshni mamlakatlar turistik salohiyatini bir joyga jamlashga dunyo bozorlariga olib chiqishiga katta turtki boʻladi", - dedi Dodiyev.

Taʼkidlanishicha, ayni kunda Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida bu borada yoʻl xaritasini ishlab chiqish ishlari boshlangan, ammo qoʻshni davlatlar turizm qoʻmitalari ham bu masalaga ijobiy munosabat bildirishmoqda.

Yoʻl dasturi ishlab chiqilgach, shu asosda yagona vizani qabul qilish qarori qabul qilinadi. Bu yaqin kelajakda roʻy berishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala