Jamiyat

Oʻzbekistonliklar Mustaqillik kuni munosabati bilan necha kun dam olishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPloщad Nezavisimosti
Ploщad Nezavisimosti - Sputnik Oʻzbekiston
Mustaqillik bayrami arafasida 5 va 6 kunlik ish haftasidagilar uchun dam olish kunlari farqlanadi.

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan 2018 yilda oʻzbekistonliklar 5 kalendar kuni davomida dam oladi.

Ministr kulturы Uzbekistana Baxtiyar Sayfullayev - Sputnik Oʻzbekiston
Sayfullayev oʻzbek-tojik munosabatlari haqida: doʻstligimiz abadiy boʻladi

Bu Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmonida koʻzda tutilgan.

Mustaqillik bayrami arafasida 5 va 6 kunlik ish haftasidagilar uchun dam olish kunlari farqlanadi.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (5 kun ketma-ket):

- 31 avgust – qoʻshimcha dam olish kuni;
- 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami;
- 2 sentyabr – yakshanba;
- 3 sentyabr – koʻchirilgan dam olish kuni;
- 4 sentyabr – koʻchirilgan dam olish kuni.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (3 kun ketma-ket):

- 31 avgust – qoʻshimcha dam olish kuni;
- 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami;
- 2 sentyabr – yakshanba.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala