Senatorlar shifokorlarni himoya qilish choralarini izlamoqda

© Sputnik / Anna VolkovaOsmotr bezdomnogo vrachom
Osmotr bezdomnogo vrachom - Sputnik Oʻzbekiston
Fargʻonada tez tibbiy yordam shifokoriga bemorning qarindoshi tomonidan uyushtirilgan hujum internet foydalanuvchilari tomonidan keskin qoralandi. Bu harakatlar, nafaqat tibbiyot vakili hayoti, balki tibbiy yordamdan mahrum boʻlgan bemor hayoti uchun ham xavfli ekanligini nahotki tushunmasa, deyiladi qoldirilgan izohlardan birida

TOSHKENT, 7 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston Senati shifokorlar haq-huquqlarini qonunan himoyalashni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Bu haqda Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash qoʻmitasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev maʼlum qildi.

Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Sogʻliqni saqlash vazirligi kaltaklangan shifokor voqeasiga munosabat bildirdi

Senat vakilining soʻzlariga koʻra, qoʻmita tomonidan tibbiyot xodimlarini ijtimoiy va huquqiy muhofaza qilishga qaratilgan davra suhbati oʻtkazilib, unda jumladan, tibbiyot xodimlariga belgilangan meʼyordan ortiq vazifalarning yuklanishi, tibbiyot muassasalarida ish joylarning qisqartirilishi, shifokorlarning tibbiy mehnat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan turli mavsumiy ishlarga jalb etilishi, tibbiyot xodimlarining bemor va uning qarindoshlari tomonidan haqorat qilinishi, jismoniy kuch ishlatilishi, ruhiy taʼsir qilinishi holatlari muhokama qilingan.

"2017 yil va joriy yilning birinchi choragida bemorlar tomonidan shifokorlarning davolash natijalaridan asossiz norozilik bildirib, ularga nisbatan shaxsiy adovati oqibatida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 30ga yaqin holatda Toshkent pediatriya meditsina instituti 3 nafar tibbiyot xodimiga nisbatan jismonan va maʼnaviy zarar yetkazilgan", - deb taʼkidladi Nizamxodjayev hamda mazkur holatlar boʻyicha qoʻmita Sogʻliqni saqlash vazirligi va Vazirlar mahkamasiga taklif kiritilgani va bu masalalar yaqin vaqtda hal etilishini qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi 6 avgust kuni Fargʻonada kaltaklangan shifokor voqeasiga rasmiy munosabat bildirib, ayni paytda har bir tibbiyot xodimining haq-huquqlarini himoya qilish, munosib ragʻbatlantirishni kuchaytirish borasida huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan izchil saʼy-harakatlar olib borilayotgani haqida maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala