Sog‘liqni saqlash vazirligi kaltaklangan shifokor voqeasiga munosabat bildirdi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Oliy Majlisi Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisi so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda shifokorlarga nisbatan asossiz e’tirozlar ko‘payib ketgan

TOShKENT, 7 avg - Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlar haq-huquqlarini himoya qilishni kuchaytirmoqchi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri vazirlik matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovim - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: shifokorning ham, muallimning ham farzandlari bor, axir

Eslatib o‘tamiz, 3-avgust kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlog‘ida istiqomat qiluvchi, 1949-yilda tug‘ilgan Mirzajalil Hakimovning bexush yotganligi to‘g‘risida qarindoshlari tomonidan tuman markaziy tez tibbiy yordamiga murojaat kelib tushgan.

Chaqiruv markaziy tez tibbiy yordami bo‘limi orqali qabul qilinib, soat 16:31da 89-qishloq oilaviy poliklinikasiga uzatilgan. Tyez tibbiy yordami xodimlari, ya’ni shoxobchaning navbatchi vrachi Shuhratbek Sirojiddinov va hamshira Umidaxon Husanovalar shu zahoti, soat 16:32da chaqiruvga chiqib ketishgan. Xonadonga tez tibbiy yordami brigadasi soat 16:36, ya’ni 4 daqiqa ichida (O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2018-yil 19-fevraldagi 105-sonli buyrug‘ida tez tibbiy yordami brigadasi chaqiruvga 25 daqiqa ichida yetib borishi belgilangan) yetib borishgan.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tez yordam haydovchilariga qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi

Navbatchi vrach tez tibbiy yordami mashinasidan tushib bemorni ko‘rish uchun shoshib kirib ketayotgan paytida bemorning nabirasi shifokorni haqorat qilib, besabab do‘pposlagan. Vrach SSirojiddinov bosh va qulog‘i aralash bexosdan tushgan kuchli zarbadan og‘ir miya jarohati olishi hisobiga hushidan ketib yiqilgan. Shunday vaziyatda ham o‘z xizmat vazifasini unutmagan hamshira Husanova bemorni kirib ko‘rganda bemor allaqachon vafot etganligi, hatto bemorning qarindoshlariga xabar berilib ular yetib kelishganining shohidi bo‘lgan.

Vrach Sirojiddinov ham birozdan so‘ng hushiga kelgach, o‘rnidan turib bemorni ko‘rgani kirganida 70 yoshga kirgan Mirzojalil Hakimovning bir necha daqiqa avval vafot etganligi, murda allaqachon sovib bo‘lganligi va hatto qarindoshlari murdaning iyagini xam bog‘lab qo‘yganligini ko‘rgan. Vrach Shuhratbek Sirojiddinov o‘rnidan turayotganda olgan og‘ir jarohati hisobiga yana hushidan ketib yiqiladi va tez tibbiy yordami mashinasida Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordami bo‘limiga “Og‘ir kalla miya jarohati, bosh miya chayqalishi, chap quloq suprasi atrofi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, chap quloq pardasining yirtilishi” tashxisi bilan og‘ir ahvolda yotqiziladi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqoridagi holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun Farg‘ona viloyat huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, bunday holatlar oxirgi paytlarda tez-tez uchrayotgani tajribali shifokorlarning birlamchi tizimdan ketib qolishlariga sabab bo‘lmoqda.

Izmerenie arterialnogo davleniya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 500 ga yaqin fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Xususan, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, 2017-yil va joriy yilning birinchi choragida bemorlar tomonidan shifokorlarning davolash natijalaridan asossiz norozilik bildirib, ularga nisbatan shaxsiy adovati oqibatida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 30ga yaqin holatda TPMI ning 3 nafar tibbiyot xodimiga nisbatan jismonan va ma’naviy zarar yetkazilgan.

Shundan so‘ng mazkur holatlar bo‘yicha qo‘mita Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli takliflarni kiritgan.

Ayni vaqtda, vazirlik xabariga ko‘ra, har bir tibbiyot xodimining haq-huquqlarini himoya qilish, munosib rag‘batlantirishni kuchaytirish borasida huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0