Jamiyat

Toshkent metro bekatlarida umumiy hojatxonalar tashkil qilish taklif etildi

© Sputnik / Anton DenisovOtkrыtiye obщestvennogo tualeta v metropolitene
Otkrыtiye obщestvennogo tualeta v metropolitene - Sputnik Oʻzbekiston
"Oddiy hojatxonalar bilan birga chaqaloqlarni yoʻrgaklash xonalari, imkoniyati cheklangan kishilar uchun maxsus hojatxonalar barpo etilsa, nur ustiga aʼlo nur boʻlar edi”, — deyilgan murojaatda.

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga Toshkent metro bekatlari va boshqa jamoat joylarida umumiy hojatxonalarni tashkil qilish haqidagi murojaat joylashtirildi.

Mobilnыe tualetы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda avtomatlashgan jamoat hojatxonalari oʻrnatish rejalashtirilmoqda

Taklif hukumatga kiritilishi uchun ushbu murojaat 5000 ta ovoz toʻplashi kerak. Murojaatga hozircha 134 ta ovoz berilgan, ovoz berish tugashiga esa 90 kun bor.

“Bugungi kunda poytaxtimiz aholisi koʻpayib borayotganini hisobga olib, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Biroq jamoat joylarida umumiy hojatxonalarni tashkil qilishga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti. Zamonaviy talablarga javob beradigan hojatxonalar barpo qilish nafaqat xalqimiz uchun, balki yurtimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarimiz uchun ham qulaylik yaratadi. Yoshi ulugʻ kishilar, bolalar va bemorlar bu borada zarurat tugʻilganda anchagina noqulay ahvolda qolishadi. Oddiy hojatxonalar bilan birga xorijiy davlatlarga oʻxshab chaqaloqlarni yoʻrgaklash xonalari, imkoniyati cheklangan kishilar uchun maxsus hojatxonalar barpo etilsa, nur ustiga aʼlo nur boʻlar edi”, — deyiladi murojaat matnida.

Hojatxonalarni birinchi navbatda metro bekatlarida qurishdan boshlash, ularni har bir bekatning har ikki chiqish tarafiga qurish taklif etilgan.

“Metro bekatlaridan tashqari boshqa jamoat joylarida ham shunday tipdagi hojatxonalar qurish mumkin. Hojatxonalarni koʻpaytirish bilan birga ularda xizmat koʻrsatish sifatiga, sanitariya-gigiyena holatiga qattiq eʼtibor berish lozim”, — deb qoʻshimcha qilingan murojaatda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala