Jamiyat

Toshkentda daraxtlarni ruxsatsiz kesgan shaxslarga chora koʻrildi

Daraxt ruxsatsiz kesish boʻyicha har bir murojaat IIBB, shahar hokimligi va Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya davlat qoʻmitasining xodimlari tomonidan oʻrganib chiqiladi.

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga koʻra, boshqarmaga deyarli har kuni daraxtlarning ruxsatsiz kesilayotgani, butalanayotganiga oid qoʻngʻiroqlar boʻladi.

Vыrubka mnogoletnix derevyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Daraxtxoʻr” manqurtlar bizda qanday koʻpayib ketdi? – deputat

Har bir murojaat tegishli tartibda IIBB, shahar hokimligi va Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya davlat qoʻmitasining xodimlari tomonidan oʻrganib chiqiladi va bu jarayon maʼlum vaqtni oʻz ichiga oladi.

5 va 6 avgust kunlari 102 raqamiga Chilonzor tumanidan ikkita xabar kelib tushgan. Birinchi holatda 4-uyning oldida, M.Ixtiyorjonga tegishli xususiy korxona binosi qurilayotgan hududda korxona ishchilari tomonidan shumtol daraxtining uchlari kesib tashlangani aytilgan. Undan esa 2 metrlik daraxt tanasining oʻzi qolgan. Tekshiruvlar natijasida ushbu daraxtni kesish uchun Ixtiyorjonda ruxsat boʻlmagani aniqlangan. Shu bois, huquqbuzarga nisbatan Bionazorat tomonidan Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 162-moddasiga (“Shaharlardagi daraxtlarni shikastlantirish yoki ularni oʻzboshimchalik bilan kesib tashlash”) muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib, EKIX 1 baravari miqdorida jarima solindi.

6 avgust kuni Chilonzor tumani 6 kvartalda yashovchi boshqa bir fuqarodan ham qoʻngʻiroq boʻldi. Uning xabar berishicha, yangi qurilish obʼyektlaridan birining oldida nomaʼlum shaxslar terak daraxtlarini kesishgan. Biroq, voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektorining vaziyatga oydinlik kiritishicha, hech qanday qoida buzilish holatlari kuzatilmagan. Aksincha, daraxtlar qurigan shoxlardan tozalanayotgan boʻlgan.

Xuddi shunga oʻxshash voqea Mirzo Ulugʻbek tumanida ham roʻy berdi. Qorasuv-4 dahasida yashovchi fuqaro murojaati yuzasidan tekshiruv oʻtkazilganda maʼlum boʻldi-ki, shikoyatchining qoʻshnisi hokimiyatga murojaat qilib, manzarali daraxtning qurigan shoxlarini kesib tashlashlarini soʻragan ekan. Qoʻshnilarning soʻzlariga koʻra bu shoxlar istalgan vaqtda sinib tushishi va ziyon yetkazishi mumkin edi.

Charvak - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Chorvoqdagi hashamdor dala-hovlilar nega buzilmoqda - video lavha

5 avgust kuni Mirobod tumanidan koʻpchilik nomidan qoʻngʻiroq boʻlib, Amir Temur koʻchasidagi 24-uy hovlisida nomaʼlum shaxslar bir necha yillik daraxtlarni kesishayotganidan shikoyat qilishgan. Manzarali daraxtlar ekilgan joyda esa MCHJ uchun bino qurilayotgan ekan. Tekshiruv natijasida MCHJ rahbariyati Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya davlat qoʻmitasi ruxsatini kutib oʻtirmasdan haqiqatdan ham 5 ta manzarali daraxtlarni kesgani maʼlum boʻldi.

Bunga javoban ushbu jamiyat vakillari Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining shu yil 31 martdagi “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorini dalil sifatida keltirishgan.

Ushbu qarorning 1-ilovasida (“Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”) shunday deyiladi: Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga faqat sanitariya maqsadlarida hamda binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish va rekonstruktsiya qilish bilan bogʻliq holda yoʻl qoʻyiladi.

V Parke Abdullы Kadыri stvolы derevyev belyat izvestyu, chtobы zaщitit ix ot nasekomыx i drugix vrediteley, a takje, chtobы soxranit yego ot solnechnыx ojogov. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent shahridagi daraxtlarni kesganlarga javobgarlikka tortish choralari koʻriladi

Unda shuningdek, yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlgan va ular tomonidan yogʻoch-taxta va hosil olish uchun ekilgan daraxtlar va butalarni (terak va boshqa tez oʻsuvchi navlar, tut plantatsiyalari, mevali daraxtlar va butalar) kesishga ruxsatnoma talab etilmasligi ham belgilab qoʻyilgan. 

Biroq, MCHJ ushbu holatda ham daraxtlarni kesishga ruxsatnoma olishi kerakligi aytildi. Chunki bu daraxtlar qarorda belgilangan maqsadlar uchun aynan ular tomonidan ekilmagan. Qolaversa, reglamentning 3-bandida davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ruxsatnoma olmasdan kesish taqiqlanishi qayd etilgan. Hozirda MCHJning xatti-harakati tegishli organlar tomonidan oʻrganilmoqda.

“Hurmatli hamshaharlar! Shahar hududida daraxtlarning tegishli ruxsatnomasiz kesilishi holatlari yuzasidan 102 shoshilinch telefon raqamiga yoki Ekologiya qoʻmitasining 277-75-43 ishonch telefoniga, shuningdek uning hududiy Bionazorat boʻlinmalarining 268-36-86 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi Toshkent IIBB xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala