“Urganch” xalqaro aeroporti 8-avgustdan parvozlarni qabul qilishni boshlaydi

© xorazm.uzUrgench
Urgench - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Urganch” aeroportidan Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga qatnovlar 10-avgustdan boshlanadi.

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yo‘lovchilarga “Urganch” xalqaro aeroporti 2018-yil 8-avgustdan parvozlarni bajarish uchun ochiqligini ma’lum qildi.

“Urganch” xalqaro aeroporti 8-avgustidan mahalliy qatnovlarni qabul qilib, shtat rejimida ishlashni boshlaydi.

“Urganch” aeroportidan Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga qatnovlar 10-avgust kunidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, "Urganch" xalqaro aeroporti joriy yilning 16-iyulidan texnik sabablar va harorat rejimi sababli vaqtincha yopilgan edi. "Urganch" xalqaro aeroportiga/dan amalga oshiriladigan qatnovlar “Nukus” aeroportiga vaqtincha ko‘chirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0