Iqtisod

Oʻzbekiston MDHda xizmatlar boʻyicha erkin savdo bitimini ishlab chiqishda qatnashadi

© Press-slujba Minvneshtorga Respubliki UzbekistanMinistr vneshney torgovli Uzbekistan Jamshid Xodjayev
Ministr vneshney torgovli Uzbekistan Jamshid Xodjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Bitim loyihasiga koʻra MDH ishtirokchi-davlatlarining tashkilotlari, kompaniyalari va idoralari uchun bitimda qayd etilgan shartlarga asoslangan holda oʻzaro xizmatlar bozoriga erkin kirish imkoniyati paydo boʻladi.

TOSHKENT, 6 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi mamlakatlari oʻrtasida xizmatlar boʻyicha erkin savdo hududi bitimi loyihasini yaratish boʻyicha ishchi guruhi faoliyatida qatnashadi. Bu haqda respublika tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligida idoralararo ishchi guruhi tashkil etildi. Ishchi guruhi tarkibi Oʻzbekiston Moliya, Iqtisodiyot, Adliya, Tashqi ishlar, Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirliklari, Investitsiyalar boʻyicha Davlat qoʻmitasi, Markaziy bank, Avtomobil transporti agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tashkilotlaridan iborat.

Prezidentы Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tojikiston Oʻzbekiston bilan hamkorlikdan katta istiqbollarni koʻrmoqda

Bitim loyihasiga koʻra MDH ishtirokchi-davlatlarining tashkilotlari, kompaniyalari va idoralari uchun bitimda qayd etilgan shartlarga asoslangan holda oʻzaro xizmatlar bozoriga erkin kirish imkoniyati paydo boʻladi.

“MDH mamlakatlari oʻrtasida xizmatlar boʻyicha erkin savdo hududi bitimi nafaqat mehnat resurslarining erkin almashinuvi, balki bir MDH davlati fuqarolarining hamdoʻstlikning boshqa davlatlariga investitsiya kiritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ushbu investitsiyalarning himoyasini taʼminlab berish uchun zamin yaratadi”, – deb taʼkidladi tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev.

Ishlab chiqilayotgan hujjat MDH ichida ikkita – tovarlar hamda xizmatlar boʻyicha savdo hududlari tashkil etilishiga xizmat qiladi va bu oʻz oʻrnida hamdoʻstlik ishtirokchilarining erkin savdo qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Bitim loyihasi boʻyicha 2012 yildan ish boshlangan va 2011 yil 18 oktyabrda qabul qilingan Erkin savdo hududi toʻgʻrisidagi bitim ishtirokchi-davlatlarining (Rossiya, Belorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston va Armaniston) vakillari tarkibida MDH ijroiya qoʻmitasida ishchi guruh tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala