Sport

Oʻzbekistonlik sportchilarni Osiyo oʻyinlariga kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi

© NOK UzbekistanaV NOK sostoyalis provodы sportsmenov na Aziatskiye igrы i prezentatsiya novoy ekipirovki
V NOK sostoyalis provodы sportsmenov na Aziatskiye igrы i prezentatsiya novoy ekipirovki - Sputnik Oʻzbekiston
Tadbirning tantanali qismidan soʻng Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun eksklyuziv tarzda ishlab chiqarilgan sport liboslari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 7 avg - Sputnik.  Milliy olimpiya qoʻmitasida sportchilarni 18 avgustdan 2 sentyabrgacha Indoneziyada boʻilb oʻtadigan Osiyo oʻyinlariga kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.

Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekistondan sportning 30 turi boʻyicha 232 nafar sportchi qatnashadi.

Tadbirning tantanali qismidan soʻng Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun eksklyuziv tarzda ishlab chiqarilgan sport liboslari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

"Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasiga chet el kompaniyalari tomonidan qiziqish bu darajada boʻladi deb oʻylamagandik. Sport ekipirovkalari boʻyicha chet el kompaniyalari bizga taklif bilan chiqishdi. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Xitoyning «QIERTE Co. Ltd» kompaniyasi tomonidan PRES-JOG brendi ostidagi sport liboslarini tanladi”, – dedi Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi Jasur Matchanov.

Marosimda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Oʻzbekiston prezident devoni masʼul xodimi Zafar Bakiyev, Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi Jasur Matchanov, yetakchi sportchilar, sport federatsiyalari vakillari va ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.

Aziz Abduhakimov delegatsiya bayroqdori Isroil Madrimovga tantanali ravishda Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻini topshirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala