Madaniyat

Ozodbek Nazarbekov "Oʻzbekkontsert" haqida: nomi oʻzgardi, xolos

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Oʻzbekkontsert" faoliyati tubdan qayta koʻrib chiqiladi. Xalq artistining aytishicha, "Oʻzbekkontsert"ni davlat miqyosidagi davlat tadbirlari: tantanali tadbirlar, toʻylarning gʻoyaviy tomonlarini nazorat qiladigan muassasaga aylantirish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. "Oʻzbekkontsert" faoliyati tubdan qayta koʻrib chiqiladi, dedi jurnalistlarga chorshanba kuni Oʻzbekiston Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Ozodbek Nazarbekov.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
"Unvon olgunicha tinimsiz yelib-yuguradi": Mirziyoyev xonandalarni tanqid qildi

Nazarbekovning soʻzlariga koʻra, "Oʻzbeknavo" – "Oʻzbekkontsert" etib oʻzgartirilganidan keyin, muassasa nomini aytmaganda, hech nima oʻzgarmagan. Tashkilot faoliyati yoki ichki nizomida oʻzgarish boʻlmagan, shu bois tashkilot" faoliyatini tubdan takomillashtirish, qayta koʻrib chiqish rejalashtirilmoqda.

"Hozir oldimizda bir muammo turibdi. Xabaringiz bor, bizda filarmoniya qayta tashkil qilindi. Shu filarmoniya faoliyati bilan “Oʻzbekkontsert” faoliyati bir-birini takrorlab qoʻyishi mumkin. Shu maʼnoda, "Oʻzbekkontsert" vazifalarini aniq qilib belgilash uchun, uning ichki Nizomini qayta koʻrib chiqib, boshqatdan shakllantirish masalasi paydo boʻldi", - dedi Nazarbekov.

Xalq artistining aytishicha, muassasa nomidan kelib chiqib, "Oʻzbekkontsert"ni davlat miqyosidagi davlat tadbirlari: tantanali tadbirlar, toʻylar bilan bogʻliq tadbirlar(toʻylarni tartibga solish yaʼni toʻylarning gʻoyaviy tomonlarini nazoratga olish)ni oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasaga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Soveщaniye na temu etika artista proshla v Uzbekkontsert - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
"Oʻzbekkontsert"ning yangi qarori Facebook ahlini taajjubga soldi

"Tashkilotning bunga imkoni yetadi. Chunki sanʼatkorlar bevosita shu tashkilot resursi hisoblangandan keyin, bu ham mantiqan toʻgʻri boʻladi. Aholiga madaniy xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullansa, "Oʻzbekkontsert"ning vazifalari aniq mavjud boʻladi", - deb taʼkidladi Nazarbekov.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 8 avgust kuni Toshkentdagi Milliy matbuot-markazida Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining oʻtgan davrdagi faoliyati yakunlari va istiqboldagi yoʻnalishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0