TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. 7 avgust kunidan 8 avgust kuniga oʻtar kechasi soat 3:30da Toshkent shahar IIBB YOXB kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish boshqarmasi markaziga “Erkin market” oziq-ovqat magazinida yongʻin kelib chiqqani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB axborot xizmati.
Sergeli tumanining Choshtepa koʻchasida joylashgan ushbu doʻkonga oʻt oʻchirish guruhi qisqa vaqtda yetib bordi va yongʻinni oʻchirish choralari koʻrildi.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 4:39da yongʻin toʻliq bartaraf etildi.
Dastlabki taxminlarga koʻra, elektr tarmogʻidagi qisqa tutashuv falokatga sabab boʻlgan. Jarohatlanganlar va qurbonlar yoʻq.