Jamiyat

Tojikiston Markaziy Osiyoda "ipak yoʻli vizasi" joriy etilishini qoʻllab-quvvatladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishProtsedura snyatiya biometricheskix dannыx v vizovom tsentre Sankt-Peterburga
Protsedura snyatiya biometricheskix dannыx v vizovom tsentre Sankt-Peterburga - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avvalroq Oʻzbekiston va Qozogʻiston Silk viza joriy etish taklifini ilgari surgani xabar qilingandi.

TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Tojikiston Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida umumiy "ipak yoʻli vizasi" joriy etilishiga qiziqmoqda, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.

Uchastnik ekspeditsii v Karakumax - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekiston va Qozogʻiston kelishuviga koʻra Osiyo shengeni tez orada joriy etilishi mumkin

Respublika parlamentining xalqaro ishlar, jamoatchilik birlashmalari va axborot qoʻmitasi rahbari Olim Salimzodaning aytishicha, bunday tashabbus Tojikistonda katta qiziqish uygʻotadi.

Prezident Emomali Rahmon davlat mustaqilligiga erishilganidan buyon mintaqa davlatlarining yaqinlashuvi va sayyohlar, mahsulotlar va xizmatlar uchun sunʼiy toʻsiqlarni olib tashlash tarafdori boʻlib kelmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq Oʻzbekiston va Qozogʻiston Silk viza joriy etish taklifini ilgari surgani xabar qilingandi. Ayni paytda tomonlar oʻrtasida bu borada faol muzokaralar olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0