O‘zbekistonda daraxtlarni kesish bo‘yicha meyoriy hujjat ishlab chiqilmoqda

© Troll.uzVirubka mnogoletnix derevyev
Virubka mnogoletnix derevyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekologiya qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan taklifda butun Respublika hududidagi daraxtlarni inventarizatsiya qilish kerakligi haqida aytilgan. Shuningdek, Senatga daraxtlarni raqamlash bo‘yicha taklif kiritilishi rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 9 avg - Sputnik. O‘zbekistonda hozirgi kungacha daraxtlar ekilishi yoki kesilishini nazoratga oladigan tashkilot yo‘q, deb ta’kidlandi jurnalistlarning savoliga javoban O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining joriy yil birinchi yarim yilligi faoliyati yakunlariga va yaqin istiqboldagi ustuvorliklarga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida.

Rubka derevyev v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda daraxtlarni ruxsatsiz kesgan shaxslarga chora ko‘rildi

Tadbir davomida Ekologiya qo‘mitasi vakili bu masalada butun Respublika hududida inventarizatsiya o‘tkazish lozimligini qayt etdi.

"Ayniqsa, shahar va aholi ko‘p yashaydigan punktlarda bu ishni amalga oshirish lozim. Qancha daraxtimiz bor, qaysi tur daraxt, ahvoli qanaqa, qanchasi zararlangan, qanchasi qurigan? O‘shanga qarab, keyin chora ko‘rish kerak", - dedi u.

Shuningdek, daraxtlarni qonuniy kesish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Ekologiya qo‘mitasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, qonun bo‘yicha daraxt ikki holda kesilishi mumkin: sanitariya kesish yoki qurilish ostiga tushganida. Sanitariya kesishga zararlangan, qurigan yoki avariya holatiga kelgan daraxtlar kiradi. Qurilish ostiga tushganlar - obyekt qurilishi, uy qurilishi lozim bo‘lgan hududlardagi daraxtlar nazarda tutiladi.

Virubka mnogoletnix derevyev - Sputnik O‘zbekiston
“Daraxtxo‘r” manqurtlar bizda qanday ko‘payib ketdi? – deputat

"Hozir respublikada juda ham ko‘p qurilish ishlari olib borilmoqda. Xohlaymizmi-xohlamaymizmi, agar qurilish ostiga tushgan bo‘lsa, o‘sha daraxtlarni kesishga to‘g‘ri kelyapti", - dedi Ekologiya qo‘mitasi vakili.

Qo‘mita vakilining so‘zlariga ko‘ra, daraxtlarni kesish tartibi to‘g‘risida ham bugungi kunda meyoriy hujjatlar ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Matbuot-anjumani ishtirokchilari Senatga O‘zbekistondagi, ayniqsa shahar joylardagi mavjud daraxtlarni raqamlab borish to‘g‘risida taklif bilan chiqishga kelishib oldilar.

Germaniyada bir yoshdan oshgan madaniy va mevali daraxtlar raqamlanishi bunga misol tarzida keltirildi va kichik plastmassa tasma daraxtga zarar yetkazmasligi qo‘shimcha qilindi.

Yangiliklar lentasi
0