O‘zbekistondagi maktablarda yangi o‘quv yilidan dunyo dinlari tarixi o‘qitiladi

© Russkaya gumanitarnaya missiyaKnigi v shkolnoy biblioteki odnoy iz Uzbekskix shkol
Knigi v shkolnoy biblioteki odnoy iz Uzbekskix shkol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu fan maktablarning 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun haftada 1 soat davomida o‘tiladi.

TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Yangi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi maktablarda "Dunyo dinlari tarixi" fani o‘qitiladi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

Ushbu fan maktablarning 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun haftada 1 soat davomida o‘tiladi.

"2018-2019 o‘quv yili davomida “Tarix“, “Davlat va huquq asoslar“, “Odobnoma“, “Vatan tuyg‘usi“, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari“ kabi ijtimoiy fanlar bilan bir qatorda “Dunyo dinlari tarixi“ fani ham o‘qitiladi”, - deyiladi xabarda.

Bu xalq ta’limi vazirining 2018-yilning 27-iyulida qabul qilingan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-11-sinflari uchun 2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 191-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasida ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0