Xitoy 138 mamlakat vakillarini Butunjahon yozgi harbiy o‘yinlarga taklif qildi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishParad v Pekine po sluchayu 70-letiya okonchaniya Vtoroy mirovoy voyni
Parad v Pekine po sluchayu 70-letiya okonchaniya Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qatnashishni istagan mamlakatlar 2018-yil 18-oktabrga qadar ishtirok etish istagi bayon etilgan elektron arizani yuborishlari kerak bo‘ladi

TOShKENT, 10 avg – Sputnik. Xitoy 138 mamlakatga VII Butunjahon yozgi harbiy o‘yinlarda ishtirok etishga taklifnoma yo‘lladi. Tadbir 2019-yilning kuzida Uxan shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Uzbekskie artilleristi vishli v final Armeyskix igr - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik artilleriyachilar ArMI-2018 o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egallashdi

Ta’kidlanishicha, taklifnomaga tadbirning batafsil reglamenti ilova qilingan. Shuningdek, tadbir o‘tkaziladigan Uxan shahri haqida asosiy ma’lumot berilgan va musobaqa o‘tkaziladigan joy, sharoitlar, ro‘yxatdan o‘tish namunasi va boshqa foydali ma’lumotlar keltirilgan.

Barcha ilovalar bilan birgalikda taklifnoma og‘irligi 1,3 kilogrammni tashkil etadi, barcha ma’lumotlar xitoy va ingliz tillarida berilgan.

"Qatnashishni istagan mamlakatlar 2018-yil 18-oktabrga qadar ishtirok etish istagi bayon etilgan elektron arizani yuborishlari kerak bo‘ladi. 2019-yil 18-yanvardan keyin o‘yinarning rasmiy saytida natijalar jarayoni o‘tkaziladi va ariza topshirgan ishtirokchilar e’lon qilinadi", - deya izoh berilgan hujjatda.

Ishtirokchi davlatlarning yakuni ro‘yxati esa 2019-yil 18-iyulida e’lon qilinadi. Keyingi yil 1-mart sanasiga qadar har bir davlat Uxanga ahvolni o‘rganish va joydagi shart-sharoitlar bilan tanishish uchun maxsus ishchi guruhini yuborishi mumkin, deb qo‘shimcha qilgan Xitoy Mudofaa vazirligi.

Voyennie Uzbekistana i Kazaxstana likvidirovali terroristicheskuyu gruppirovku na ucheniyax - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston harbiylari AQShda bo‘lib o‘tadigan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi

Yettinchi yozgi harbiy o‘yinlar Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida 2019-yilning 18-27 oktabr sanalari oralig‘ida o‘tkaziladi. Sal oldinroq tashkilotchilar, ishtirokchi-davlatlar soni 120dan oshishi mumkin emasligini kutgan edi.

O‘yinlar 1948-yil fevral oyida tashkil etilgan Xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) shafeligi ostida o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0