Analitika

Oʻzbekiston bir nechta iqtisodiy maydonlarda oʻynamoqda – ekspert

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish istagini aniq va ravshan tushunish mumkin.

Toshkent va Xitoy

2017 yil yakuniy holatiga koʻra, Xitoyning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari miqdori 7,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Dastlabki maʼlumotga qaraganda, 2018 yilda bu raqamga Janubiy Koreya ham yaqinlashib qoladi.

Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlari Rossiya va Xitoy boʻldi

Rasmiy Pekin va Toshkent oʻz munosabatlarini "bulutsiz" deb atamoqda. Muhim detallar: butun dunyoda Xitoy bilan iqtisodiy aloqalar juda kuchli xarakterga ega: Pekin har doim va har yerda ishlab chiqargan mahsulotlari va texnologiyalarini sotgan joyda oʻzing moliyaviy mablagʻlarini kiritadi.

Bunday tajriba oʻzbek iqtisodiyotining rivojlanishiga yordam bermaydi. Istiqbolda esa davlatni Xitoyning xom ashyo qoʻshimchasiga aylantirib qoʻyadi. Toshkent ham albatta Xitoyning monopoliyasidan qanday qochish kerakligini oʻylamoqda.

Toshkent va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi

Tabiiyki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan munosabatlarga katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekistonning yirik iqtisodiy sheriklari qatoriga Rossiya va Qozogʻiston kiradi.  

Toshkentning strategik maqsadi tushunarli – bu Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorida oʻzbek mahsulotlarining bojsiz kirishiga erishish.

Vladimir Norov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Norov: dunyo hamjamiyati Oʻzbekistonni tan olmoqda

Shuni aytib oʻtish joizki, Toshkent yaqin vaqtlargacha qattik protektsionizm pozitsiyasida turgan va barcha choralar bilan oʻzining bozorini uchinchi davlatlar, shu jumladan, MDH davlatlari eksportidan himoya qilib kelgan. Rossiya mahsulotlari ham jiddiy import bojlariga tushgan.

Biroq soʻnggi vaqtlarda, Oʻzbekiston qator bojxona cheklovlarini bekor qildi, bu esa, misol uchun, Rossiyadan qishloq xoʻjaligi texnikasi yetkazib berish hajmining sezilarli darajada koʻpayishiga olib keldi. "Rosspetsmash" maʼlumotiga koʻra, yarim yilda bu koʻrsatkich 7,6 baravarga ortdi.

Endi Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo zonasini tuzmoqchi. Biroq bu gʻoyaga munosabat noaniq.

Qozogʻiston bunda erkin iqtisodiy zona Oʻzbekiston hududidan Xitoy tovarlarini reeksport qilinishi mumkinligidan qoʻrqmoqda.

Flagi stran-uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Markaziy Osiyo - yangi katta oʻyin uchun maydon sifatida

Bu boʻyicha Rossiya va Belarusda savollar bor. Bu ularning oʻz avtosanoatini himoya qilish bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda yigʻilgan avtomashinalar nafaqat Rossiya Avtovaz mashinalariga balki Belarusda yigʻilgan  Geely avtomashinalariga ham bevosita raqobat qilishi mumkin.

Shuning uchun yagona erkin iqtisodiy zonani tashkil qilish masalasi hozircha noaniq muddatga  qoldirildi.

Umuman olganda, Oʻzbekiston bilan boʻlgan holat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan boshqa sobiq sovet davlatlari bilan muammoli aloqalarni tasvirlash uchun juda yaxshi misoldir.

Hozir Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi oʻzining kelgusida kengayishi haqida gap ochmayapti. Biroq bu yil Moldovaga Yevroosiyo Ittifoqi kuzatuvchi-davlati maqomi berildi. Lekin oldindan aytib oʻtish kerakki, bunday maqom  Nizomda nazarda tutilmagan va bu qaror koʻproq siyosiy xususiyatga ega.

Bunday imkoniyat Oʻzbekiston uchun koʻrib chiqish mumkinmi? Juda qiyin.

Mejdunarodnaya konferentsiya Tsentralnaya Aziya – glavnыy prioritet vneshney politiki Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Sharqshunos: Markaziy Osiyo birligi haqidagi gaplar - afsona

Oʻzbekiston iqtisodiyoti Moldovanikidan ancha katta, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi oʻz ichki talablarini amaldagi Oʻzbekiston qonunlari bilan uygʻunlashtirishi ancha qiyin boʻladi.  

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kelishuvlar jarayoniga gʻarq boʻlib qolishi mumkin.

Toshkent va Afgʻoniston

Biroq Oʻzbekiston vaqtni aniq boy bermayapti. Toshkent va Qobul davlatlari oʻrtasida erkin savdo rejimini yaratish, Afgʻoniston investitsiyalarini Oʻzbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish va chegaraoldi hamkorligini rivojlantirish  imkoniyatini muhokama qilishmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Afganistana Muxammad Ashraf Gani.  - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan yangi iqtisodiy dastur doirasida Toshkent Afgʻonistonga bozor va tranzit hududi sifatiga qaramoqda.  

Bu yerda ikkita muommo bor: Qobulning barcha qarorlari u yoki bu tartibda Vashington bilan kelishiladi, amalda aynan AQSH bu erkin iqtisodiy zona taqdirini hal qiladi. Ikkinchisi: NATO kuchlari davlatni tark etgach, Afgʻonistonning iqtisodiyoti taqdiri qanday kechishi tushunarsiz. Xaos boshlanib, Oʻzbekiston investitsiyalari yoʻqolib qolmasmikan?

Toshkent bu xatarlarni yaxshi tushunadigan koʻrinadi.

Toshkent va Eron

Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida erkin iqtisodiy zona loyihasi oʻzaro manfaatli boʻlishi mumkin. Lekin bu tashabbus haqida rasmiy ravishda eʼlon qilinmadi.

Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Rouxani, foto iz arxiva - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Eron prezidenti avgust oyida Oʻzbekistonga keladi

Bu davlatlar bir-biriga nima bilan qiziq boʻlishi mumkin?

AQShning yangi sanktsiyalariga tushgan Eron uchun Osiyo bozorlariga oʻtish juda muhim. Tehron Markaziy Osiyo bozorlarida bir paytlar ancha barqaror pozitsiyalarga ega boʻlgan. Biroq oxirgi vaqtlarda sezilarli darajada boʻshashib qoldi. Bu birinchi navbatda Xitoyning iqtisodiy faoligi bilan bogʻliq.

Toshkent uchun Fors koʻrfazi bozorlariga chiqish muhim boʻlgandan keyin, Eron bilan hamkorlik qilmasdan buni amalga oshirish ilojisi yoʻq. Oʻzbekiston – Turkmaniston – Eron – Oʻman; Xitoy – Qozogʻiston – Oʻzbekiston – Turkmaniston – Eron  hamda Afgʻoniston transport yoʻlining rivojlanishida Eron asosiy davlat boʻlib qolmoqda.

Aleksandr Gusev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Gusev: Rossiyasiz Markaziy Osiyoda yadroviy xavfsizlikni taʼminlab boʻlmaydi

Eron tomoni ilgariroq Xaf – Hirot temir yoʻli qurilishi yakuniga barcha kuchlarni taklif qilganligini alohida urgʻu bergandi. Ushbu temir yoʻl Mozori-Sharif-Hirot liniyasi davomi boʻlib, narx kamayishi va yetkazib berish muddatlari qisqarishi hisobiga mintaqa davlat oʻrtasida tovar tashish hajmini sezilarli darajada koʻpaytiradi.  

Shuningdek, Toshkent yoqilgʻi-energetika tarmogʻiga Eron investitsiyalarini kutmoqda. Bu Rossiyaning “Lukoyl” korxonasi faoliyatiga raqobat qilishi mumkin.

Har ikkala tomonda oʻzaro qiziqish bor. Biroq bu loyihaga toʻsqinlik qiluvchi obʼyektiv sabablar ham mavjud.

Birinchida, Eronning oʻzidagi iqtisodiy vaziyat. Tramp maʼmuriyatining Eron yadroviy dasturi toʻgʻrisidagi olti tomonlama bitimdan chiqishi mamlakatda iqtisodiy inqirozning yangi toʻlqinini keltirib chiqardi – mahalliy valyuta ikki baravarga tushib ketdi. Oziq-ovqat mahsulotlari keskin qimmatlashdi. Bu esa aholining ommaviy  noroziliklariga olib keldi.

Starshiy nauchnыy sotrudnik Tsentra Blijnego i Srednego Vostoka Instituta vostokovedeniya RAN Irina Fedorova - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Fedorova Eron nima uchun bu qadar Oʻzbekistonga qiziqib qolganini tushuntirdi

Ikkinchidan, Oʻzbekiston va Eronda umumiy chegara yoʻq. Aloqalar faqat Afgʻoniston va Turkmaniston orqali boʻlishi mumkin. Ashxobod bilan Toshkentda esa qator kelishmovchiliklar mavjud.

Xususan, soʻnggi oylarda Toshkent Turkmanistonda oʻzbek jamiyati muammolariga eʼtiborni qaratdi. Oʻzbekiston televideniye orqali ushbu mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz haqida bir nechta reportajlar namoyish qildi. Ashxobod protest keltirdi.  

Biroq eng muhimi, Turkmaniston Eron bilan umumiy chegaraga ega boʻlgan Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan afzalliklarni yoʻqotishni istamaydi.

Shuning uchun yaqin kelajakda Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida erkin iqtisodiy zonani yaratish gʻoyasi amalga oshirilishi dargumon.

Biroq aynan shu yerda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan manfaatlar kesishuvini topish mumkin. Ushbu tashkilot erkin iqtisodiy zona tashkil etish boʻyicha Tehron bilan bir necha marta muzokalar oʻtkazdi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida Oʻzbekistondan farqli ularoq Armaniston orqali umumiy va dengiz boʻyicha Kaspiy orqali Eron bilan chegaraga ega.

Yangiliklar lentasi
0