Jamiyat

OITSga qarshi kurashish markaziga yangi direktor tayinlandi

CC0 / pixabay / Mikrobiologicheskiye issledovaniya
Mikrobiologicheskiye issledovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Qahramon Yuldashev Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiy profilaktika fakulteti dekani lavozimida ishlab kelayotgan edi.

TOSHKENT, 11 avg – Sputnik. Tibbiyot fanlari doktori Qahramon Yuldashev respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori lavozimida ish boshladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Kak berech sebya ot SPIDa - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
OITS - zamon vabosi

Unga OIV infektsiyasini erta aniqlash, uni profilaktikasini oʻz vaqtida amalga oshirish, diagnostika va davolash standartlarini qayta koʻrib, zamonaviy hamda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ushbu kasallikka qarshi samarali kurashish, bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash, shifoxona ichki infektsiyalari bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish singari vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, u, mutaxassislar malakasini oshirish, immunologiya, virusologiya va epidemiologiya yoʻnalishlarida ilmiy ishlarni rivojlantirish, aholi oʻrtasida ushbu kasallikka qarshi samarali targʻibot ishlarini kuchaytirish, jahonning nufuzli xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash kabi qator ustuvor masalalarga ham masʼul etib belgilandi.

Qahramon Yuldashev Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiy profilaktika fakulteti dekani lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala