Toshkentda 14 yoshli qiz olib qochilgani va zo‘rlangani haqidagi xabar haqiqatga mos emas- IIBB

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, tarqatilgan xabarda “Toshkent shahar IIBB hamda tizimdagi IIOFMB xodimlari tomonidan ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs qidirilayotgani aytilmoqda”,  deyilgan.

TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Toshkent shahar IIBB shu yilning 10-avgust kuni ba’zi saytlarda tarqalgan 9-avgust kuni Yakkasaroy tumanida 14 yoshli qizning olib qochilgani va zo‘rlangani haqidagi xabar haqiqatga mos emasligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tarqatilgan xabarda “Toshkent shahar IIBB hamda tizimdagi IIOFMB xodimlari tomonidan ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs qidirilayotgani aytilmoqda”,  deyilgan.

“Toshkent shahar IIBB ushbu ma’lumot haqiqatga mos emasligini ma’lum qiladi. Qolaversa, avgust oyi mobaynida Yakkasaroy tumani IIO FMB va IIBlariga bu turdagi og‘ir jinoyat yuzasidan bironta ham ariza kelib tushmagan”, - deyiladi shahar IIBB saytida.

IIBB mazkur “yangilik”ni ichki ishlar organlarini obro‘sizlantirish va o‘ziga arzon reyting ishlab olish maqsadida e’lon qilingan asossiz ma’lumot sifatida baholash mumkinligini bildirgan.

Shuningdek, OAV vakillarini chop etiladigan har bir xabar uchun mas’uliyatni his qilishga, axborotni ishonchli manbalardan olishga chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0