Jamiyat

Oʻzbekiston delegatsiyasi Belarus sanoat va qishloq xoʻjaligi kompaniyalari bilan tanishadi

© Flickr / Ritzo ten CateVid goroda Minsk. Belorussiya
Vid goroda Minsk. Belorussiya - Sputnik Oʻzbekiston
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, korxona va tashkilotlar rahbarlaridan tarkib topgan Oʻzbekiston delegatsiyasi Minsk shahri va Belarusning boshqa hududlariga tashrif buyuradi.

TOSHKENT, 11 avg – Sputnik. Oʻzbekiston delegatsiyasi 9-15 avgust kunlari Belarusda tashrif bilan boʻladi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, korxona va tashkilotlar rahbarlaridan tarkib topgan Oʻzbekiston delegatsiyasi Minsk shahri va Belarusning boshqa hududlariga tashrif buyuradi.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Belarus sanoat va qishloq xoʻjaligi kompaniyalarini borib koʻradi, ilgʻor texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish jaroyoni bilan bevosita tanishadi.

“Delegatsiya tashrifidan koʻzlangan asosiy maqsad — Oʻzbekiston va Belarus savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytirish uchun ikki davlat hududlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish”, - deyiladi TIV axborotida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala