Eron "Fetx" avlodiga mansub ballistik raketani taqdim etdi

© Foto : Ministerstvo oboroni IranaIranskaya ballisticheskaya raketa novogo pokoleniya Fatex
Iranskaya ballisticheskaya raketa novogo pokoleniya Fatex - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron Mudofaa vaziri Xotamiy, o‘z bayonotida Eron boshqa davlatlarga mamlakatning ichki ishlariga aralashishga hech qachon yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlagan.

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Eron Mudofaa vaziri Amir Xotamiy dushanba kuni "Fatex" tipiga mansub yangi avlod ballistik raketasini taqdim etdi. Raketa radarlarni aylanib o‘tib, yuqori aniqlikda nishonga yeta oladi, deb xabar qilmoqda Tasnim axborot agentligi.

BAKU - Sputnik O‘zbekiston
Kaspiyda hech qachon xorijiy harbiy bazalar joylashtirilmaydi

Xotamiyning so‘zlariga ko‘ra, yangi raketa to‘liq eronlik mutaxassislar tomonidan loyihalashtirilgan. Eron Mudofaa vaziri raketa sinovi muvaffaqiyatli kechganini qo‘shimcha qilgan. Xotamiyning ta’kidiga ko‘ra, yangi raketalarni ommaviy ishlab chiqarish mamlakat mudofaa qudratini kuchaytiradi, qolaversa, Eron Qurolli kuchlari raketa sanoatini bundan keyin ham rivojlantirish hamda mamlakatda ishlab chiqariladigan raketalar imkoniyatlarini kengaytirish istagida.

Eron Mudofaa vaziri Xotamiy, o‘z bayonotida Eron boshqa davlatlarga mamlakatning ichki ishlariga aralashishga hech qachon yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlagan.

Ilgariroq, Fox News telekanali diplomatik doiralardagi manbalarga tayangan holda, Eron bir yildan oshiq vaqt deganda birinchi marotaba ballistik raketani sinovdan o‘tkazganligini ma’lum qilgan edi. Manbalar ma’lumotiga ko‘ra, raketa Eron janubi-sharqiy qismidagi Jaska shahri hududidan uchirilgan va amerika sputniklari tomonidan qayd etilgan. Raketa yuz mil (160 km atrofida) masofani uchib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0