Analitika

"Endi toʻsiqlar yoʻq": Oʻzbekiston — Tojikiston strategik hamkorlik yoʻlida

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mirziyoyev va Rahmon uchrashuvi davlatlararo aloqalarni yangi strategik darajaga olib chiqadi va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib beradi, deya ishonch bildiradi ISMI markazi rahbari Baxtiyor Mustafoyev

TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. Shu yilning 17-18 avgust kunlari Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmonning Oʻzbekistonga davlat tashrifi kutilmoqda. Tojikiston yetakchisining Oʻzbekistonga soʻnggi rasmiy tashrifi bundan 17 yil avval amalga oshirilgan.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Vaqt sinovidan oʻtgan doʻstlik: tojik va oʻzbek xalqi munosabatlari haqida film

"Ushbu voqea, shubhasiz, oʻzbek-tojik munosabatlarida alohida ahamiyat kasb etadi va ikki tomonlama muloqotlar mavzusining butunlay yangicha sifatini namoyish qiladi", deyiladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti markazi rahbari Baxtiyor Mustafoyev tahliliy maqolasida.

Mustafoyevga koʻra, bu galgi tashrif ikki birodar xalqlarning samimiy istak va intilishlarini, oʻzaro manfaatli koʻp tomonlama hamkorlik yoʻlidan borish niyatini ifodalaydi.

Muloqot asosi

Ikki xalqni umumiy tarix, madaniyat va maʼnaviy qadriyatlar, oʻzaro hurmat hamda yaxshi qoʻshnichilikning koʻp asrlik anʼanalari birlashtirib turadi. Bu yaqinlik Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi munosabatlar uchun mustahkam zamin, asosiy tamoyil boʻlib xizmat qiladi. 

Prezidentы Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tojikiston Oʻzbekiston bilan hamkorlikdan katta istiqbollarni koʻrmoqda

Diplomatik aloqalar oʻrnatilgan 1992 yildan buyon ikki mamlakat oʻrtasida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajada yuzdan ortiq shartnoma hamda kelishuvlar imzolangan. Bu hujjatlar hamkorlikning muhim yoʻnalishlarini qamrab oldi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarda birgalikdagi harakatlarni mustahkamlash uchun asosga aylandi.

1993 yil 4 yanvarda imzolangan Doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma hamda 2000 yil 15 iyundagi Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnomada ikki tomonlama munosabatlarning asosiy tamoyillari belgilab qoʻyilgan. Bular: mustaqillik va davlat suverenitetini oʻzaro hurmat qilish, tenghuquqlilik, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, davlat darajasida ham, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar darajasida ham oʻzaro manfaatli iqtisodiy sherikchilik aloqalarini oʻrnatishga intilish.

Yangi sahifa

Oʻtgan qisqa davr — bir yarim yil ichida oʻzbek-tojik munosabatlarini mustahkamlash uchun juda kuchli turtki berildi. Ulkan oʻzgarishlar sodir boʻldi. Oʻzbekiston yetakchisining 2018 yilda davlat tashrifi maqomida amalga oshirilgan Tojikistonga safari bilan ikki tomonlama aloqalardagi yangi sahifa ochildi. 

Prezidentы Uzbekistana i Tadjikistana - Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Tantanali va doʻstona qabul: Shavkat Mirziyoyevni Dushanbeda qanday kutib olishdi

Dushanbeda doʻstona muhitda olib borilgan muzokaralarning konstruktiv ruhi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda katta miqyosdagi ikki taraflama hamkorlikni kengaytirish hamda chuqurlashtirish omili boʻldi. Bugun har ikki mamlakat rahbarlari koʻp tomonlama sherikchilikni izchillik bilan rivojlantirish va mustahkamlash uchun qatʼiy xohish, shuningdek, yangi marralarni yelkama-yelka turib zabt qilishga boʻlgan intilishni namoyon etmoqda.

Oʻzaro doʻstona aloqalar aniq amaliy qadamlar bilan boyitilgan holda, oʻsib boruvchi trayektoriya boʻylab rivojlanmoqda. Xalqaro kuzatuvchilar "yorib chiqish" singari taʼriflarni tobora koʻproq ishlatishyapti. Hamkorlikning yangi sahifasi ikki xalq manfaatlari yoʻlidagi yangi maqsadlar va istiqbollar bilan toʻlgan.

Siyosiy iroda kuchi

2016 yil sentyabrdan to shu kunga qadar Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari olti marta uchrashdilar, bir qator telefon soʻzlashuvlari amalga oshirildi. Muloqot xarakteri koʻp jihatdan Prezidentlar oʻrtasida shakllangan oʻzaro ishonchdan kelib chiqadi. Bu jihat davlatlar yetakchilari bir-birlariga "aziz birodarim" deya murojaat qiladigan norasmiy munosabatda ham namoyon boʻladi. 

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev tashrifiga tayyorgarlikni shaxsan Rahmonning oʻzi nazorat qilmoqda

Yuqori darajada oʻrnatilgan ochiq, samimiy muloqotlar hukumatlararo va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish uchun mustahkam poydevor qoʻydi. 

Yoʻnalishlar boʻyicha aloqalar

Qonun chiqaruvchi idoralar oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish maqsadida 2017 yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Tojikiston Parlamenti bilan hamkorlik boʻyicha Parlamentlararo guruhi tuzildi. Yaqin vaqt ichida uning ilk yiІilishini oʻtkazish rejalashtirilmoqda. 

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston parlamenti palata raisini qabul qildi

Shu yil may oyida Toshkentda Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov bilan Tojikiston IIV rahbari Rahimzodaning uchrashuvi oʻtkazildi. Terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurashish, tezkor axborot almashinuvi boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ekstremistik va terrorchilik tuzilmalari faoliyatiga qarshi turish boʻyicha 2018-2019 yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar qoʻshma rejasi imzolandi.

Tinchlik va barqarorlikka nisbatan tahdidlarga qarshi turishda maxsus xizmatlar oʻrtasidagi hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Iyunda Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolandi. 

Ministr oboronы Ubekistana Abdusalom Azizov i glava Minoboronы Tadjikistana Sherali Mirzo - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Tojikiston Mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik rejasini imzolashdi

7 avgustda Oʻzbekiston va Tojikiston mudofaa vazirlari A. Azizov va SH. Mirzo Toshkentda uchrashib, mudofaa sohasidagi hamkorlik, harbiy-texnikaviy yoʻnalishda oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishlarini muhokama qildilar. Bu borada birgalikdagi harakatlar rejasi imzolandi. 

Har ikki tomon bugungi kunda yuzaga kelayotgan xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlik mustahkamlanishi, shuningdek, Afgʻonistondagi vaziyat tezroq barqarorlashishidan manfaatdorligini bildirmoqda. Oʻzbekiston va Tojikiston yakdillik bilan umumiy farovonlik va taraqqiyotga erishish maqsadlarida mintaqa doirasida birgalikda harakat qilish niyatini namoyish etyapti.

Yagona nuqtai nazar

Tojikiston Oʻzbekistonning yangi mintaqaviy siyosatini qoʻllab-quvvatlamoqda. Shu yil mart oyida Ostonada boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Birinchi maslahat uchrashuvida Prezident Imomali Rahmonning qatnashishi buning tasdigʻi boʻldi.

Shu bilan birga, Tojikiston BMT Bosh Assambleyasining "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" rezolyutsiyasini qabul qilish, SHHTga aʼzo davlatlarning temir yoʻl boʻyicha idoralari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini oʻtkazish va SHHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qoʻshma murojaatini qabul qilish, shuningdek, 2020 yilda IHTning Fan va texnologiyalar boʻyicha ikkinchi sammitini Oʻzbekistonda oʻtkazish borasidagi Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni toʻla qoʻllashini bildirdi.

Protsedura snyatiya biometricheskix dannыx v vizovom tsentre Sankt-Peterburga - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tojikiston Markaziy Osiyoda "ipak yoʻli vizasi" joriy etilishini qoʻllab-quvvatladi

Bugungi kunda Oʻzbekiston va Tojikiston suv-energetika resurslaridan mintaqa mamlakatlari manfaatlari bilan hisoblashgan holda oqilona va tenglik asosida foydalanish zarurati haqida bir toʻxtamga keldi. Xorijiy ekspertlar qayd etganidek, ushbu yoʻnalishdagi oʻzbek-tojik munosabatlarining konstruktiv xarakteri Markaziy Osiyoda suv xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mintaqaviy harakatlarga faollashtiruvchi taʼsir etishi mumkin. 

Oʻzbekiston Tojikistonning MDHdagi raisligiga yuqori baho beradi. Toshkent va Dushanbe MDHni oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida rivojlantirish, uni barqarorlik hamda xavfsizlikni taʼminlashning dolzarb muammolarini yechish boʻyicha samarali va taʼsirchan maydonga aylantirish tarafdori. Muhim yoʻnalishlar boʻyicha qarashlarda uygʻunlik yuzaga chiqmoqda. Oʻzbekiston tomonidan SHHTning Giyohvandlikka qarshi kurashish markazini tashkil etish haqidagi Tojikiston tashabbusining qoʻllab-quvvatlanishi shunga dalolatdir.

Geografik joylashuvni inobatga olib aytish mumkinki, ikki mamlakat Afgʻonistondagi mojaroni yechishda muhim rol oʻynaydi. Dushanbe Afgʻon inqirozini hal qilish boʻyicha rasmiy Toshkent pozitsiyasiga qoʻshiladi. Shu yil martda Afgʻoniston boʻyicha yuksak darajada tashkil qilingan xalqaro anjumanda Tojikiston TIV rahbarining ishtiroki buning yorqin isbotidir. 

Tovar aylanmasi oʻsmoqda

2017 yil yakunlariga koʻra, tovar aylanmasi 240 million dollarni tashkil qildi. Bu soʻnggi 20 yil ichidagi eng yuqori koʻrsatkichdir.

2018 yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi 2017 yilning shu davridagiga nisbatan 35 foiz oʻsgan. Oʻzbekistonda tojik biznesi vakillari ishtirokidagi 24 korxona faoliyat koʻrsatmoqda, Tojikistonda esa yurtimiz tadbirkorlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan 9 ta korxona bor. 2017 yilda Tojikistonda Oʻzbekistonning 6 ta “Savdo uyi” ochildi. Shu yil fevral oyida Toshkentda Tojikistonning “Savdo uyi” ish boshladi.

Zenitnыe raketnыe sistemы S-400 Triumf - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston MDH bilan birgalikda havo mudofaa tizimini rivojlantiradi

Har ikki taraf manfaatlarini ifodalovchi kompleks masalalarni hal qilishda Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya samarali vosita boʻlyapti. Oʻzbek-tojik ishbilarmonlar kengashi oʻzaro savdoni kengaytirish uchun yangi yoʻllar izlamoqda. 

“Toshkent” Respublika fond birjasi (UZSE) va Markaziy Osiyo fond birjasi (CASE, Tojikiston) oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan aloqalar ikki davlat orasida investitsiyaviy kanallar ochish uchun birja savdolarini oʻtkazish boʻyicha yagona maydonni shakllantirishga yordam bermoqda.

Endi toʻsiqlar yoʻq

Oʻzbekistonning qulay geografik joylashuvi va sertarmoq transport infratuzilmasi Tojikistonga tashqi bozorlarga chiqish yoʻllarini diversifikatsiyalash imkoniyatlarini ochadi. Umumiy transport-kommunikatsiya salohiyatini toʻliq ishga solish nafaqat oʻzaro savdoni oʻstirishga yordam beradi, balki mintaqalararo darajada gumanitar aloqalarni mustahkamlaydi ham. 

Samolet tadjikskix avialiniy Somon Air - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tojikiston aviakompaniyasi Buxoroga birinchi parvozini amalga oshirdi

Shu yil may oyida Toshkent — Xoʻjand — Toshkent yoʻnalishida xalqaro avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi ikki davlat fuqarolari manfaatlarini koʻzlab aviachiptalar narxini ikki marta arzonlashtirdi. Dushanbe bilan Samarqand va Buxoro oʻrtasida aviaqatnovlar ham qayta tiklanmoqda. 

Shu yil mart oyida toʻqqizta nazorat-oʻtkazish punktining ochilishi va viza tartibining bekor qilinishi katta voqea boʻldi. Ikki mamlakat fuqarolari bu qarorni koʻtarinki ruh bilan qarshi oldi. His-hayajonini yashira olmagan bu odamlar oʻz izohlarida "nihoyat iztiroblarimiz yakun topdi", "boʻlayotgan voqealar hammani shodlantirdi", "oʻzgarishlar qalblarda umid uygʻotmoqda", deb yozdilar. Yillar davomida toʻplangan eng ogʻriqli masalalar hal boʻldi. Shubha yoʻqki, bu ishlar Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilarining qatʼiy siyosiy irodasi tufayli yuz berdi. 

Madaniyatlar birlashuvi

Oʻzbek xalqining madaniy merosini tojiklar eʼzozlashadi. Tojik madaniyati durdonalari esa oʻzbeklar tomonidan hamisha qadrlangan. Oʻzbeklar va tojiklar xursandchilikda ham, gʻamda ham doimo birga boʻlganlar. Bu ikki tilda soʻzlashuvchi bir xalqdir. 

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan uchrashuvda qayd etganidek, "Oʻzbekiston va Tojikiston xalqlarini birodarlikning oʻziga xos rishtalari bogʻlab turadi. Asrlar mobaynida yonma-yon yashab, ular tarixiy maʼnaviy ildizlar, madaniyatlar, anʼanalar, odatlarning uygʻunligi bilan bogʻlangan. Ularni bir-biridan ayri holda tasavvur qilishning oʻzi koʻngilni xira qiladi". Bu soʻzlarda ikki birodar xalqlarning orzu-istaklari mujassam. 

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan Rahmon va Mirziyoyev uchrashuvini muhokama qiladi

Buyuk mutafakkir shoirlar Navoiy va Jomiy, Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy, Gʻafur Gʻulom va Mirzo Tursunzoda, Abdulla Oripov va Loyiq Sherali oʻzbeklaru tojiklarning samimiy va sof doʻstligini tarannum etganlar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqandda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyga haykal oʻrnatilishi Tojikistonda ham, Oʻzbekistonda ham katta xursandchilik bilan kutib olindi. Dushanbeda Alisher Navoiy nomidagi xiyobon ochilib, u yerda ham xuddi shunday yodgorlik oʻrnatilishi rejalashtirilyapti. Sergeli tumanida barpo etilayotgan Toshkent metropoliteni stantsiyasiga atoqli shoir, Tojikiston Qahramoni Mirzo Tursunzodaning nomi berilishi koʻzda tutilmoqda. 

Koʻzga koʻringan madaniyat va sanʼat arboblari hamisha xalqlarning madaniy-ijodiy boyishiga xizmat qilgan. Ikki madaniyat bir-biriga shu qadar bogʻlanib ketganki, biror oʻzbek toʻyi tojikcha qoʻshiqsiz, tojik toʻyi esa oʻzbekcha yallasiz oʻtmaydi. 

Ikki mamlakat madaniyat va sanʼat namoyandalarining oʻzaro tashriflari faollashganini ham mamnuniyat bilan qayd etishni istardik. Bu gastrollar, ijodiy uchrashuvlar uzoq kutilgandi. Shu yil avgust oyida Tojikistondan kelgan doʻstlik delegatsiyasi Toshkent va Samarqandda boʻldi. Oʻzbek ijodiy guruhlari Tojikistonning Togʻli-Badaxshon avtonom oblastida oʻtkaziladigan “Dunyoning ustuni” etnofestivalida ilk bor qatnashdilar. 

Rabochiy demonstriruyet produktsiyu zavoda - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tojikiston tsementi Oʻzbekiston bozorini egallab oladimi?

Oʻzbekistonda butun respublika boʻylab 10 ta tojik milliy madaniy markazini oʻzida birlashtirgan Respublika tojik milliy madaniy markazi muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqda. Taʼlim tojik tilida olib boriladigan 245 ta maktab (ulardan 55 tasida darslar toʻlaligicha tojikcha tashkil qilingan) ishlayapti. Samarqand, Termiz va Fargʻona universitetlarida darslar tojik tilida oʻtiladigan guruhlar mavjud. Toʻrtta davriy matbuot nashri, beshta teledastur va 30 radiodastur tojik tilida taqdim qilinadi. Oʻz navbatida, Oʻzbekiston ham tojik hukumatining etnik oʻzbek Tojikiston fuqarolariga teng sharoitlar yaratish, milliy madaniyat va uning oʻziga xosligini saqlash va rivojlantirish boʻyicha harakatlarini qadrlaydi.

Ministr kulturы Uzbekistana Baxtiyar Sayfullayev - Sputnik Oʻzbekiston
Sayfullayev oʻzbek-tojik munosabatlari haqida: doʻstligimiz abadiy boʻladi

Madaniy-gumanitar aloqalar sport va taʼlim yoʻnalishlarini ham qamrab olgan. Xususan, shu yil aprelda Oʻzbekiston va Tojikiston olimpiya qoʻmitalarining hamkorligi toʻgʻrisida Bitim imzolandi. Samarqand davlat universitetining akademik M. Osimiy nomidagi Tojikiston texnika universiteti bilan hamkorligini rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishildi. 

Oʻzbek-tojik munosabatlaridagi tub oʻzgarishlar nuqtai nazaridan qarab, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, boʻlib oʻtishi kutilayotgan Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlarining uchrashuvi davlatlararo aloqalarni yangi strategik darajaga olib chiqadi va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib beradi.

Yangiliklar lentasi
0