Janubiy va Shimoliy Koreyalar sammitining taxminiy sanasi aytildi

© Korea Summit Press Pool / Pool via ReutersLideri KNDR i Yujnoy Korei Kim Chen In i Mun Chje In
Lideri KNDR i Yujnoy Korei Kim Chen In i Mun Chje In  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Seshanba kuni ikki Koreya vakillari sammitni sentabr oyida Pxenyanda o‘tkazish haqida kelishib oldilar

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Shimoliy va Janubiy Koreyalar sammiti 12-13 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi mumkin, deb ta’kidladi janubiy koreyaning JTBC telekanali dasturida Janubiy Koreya prezidentining milliy birlashish masalalari, xalqaro masalalar va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mun Chjon In.

Lideri KNDR i Yujnoy Korei Kim Chen In i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
KXDR va Janubiy Koreya prezidentlari demarkatsion chiziqda uchrashishdi

"(Uchrashuv – tahr.) 12-13 sentabr kunlari o‘tkaziladi", — deya iqtibos keltiradi maslahatchi so‘zlaridan Yaponiyaning Jiji agentligi.

Yuqori martabali amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Shimol va Janub yetakchilarining uchrashuvi 9-sentabrda bo‘lib o‘tmasligi ehtimolga yaqin, chunki bu vaqtda Pxenyan mamlakat tashkil topganining 70-yilligini nishonlaydi.

Shu bilan birga, Mun Chjo Inning qo‘shimcha qilishicha, Shimol va Janub o‘rtasida urush barham topgani haqida sentabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida e’lon qilish ehtimoli "pasaygan", biroq u bu imkoniyatni to‘liq yo‘qqa chiqarmadi, "agar g‘ayrat qilinsa, imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q", dedi u.

KNDR otmechayet 60-yu godovshinu okonchaniya Koreyskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy va Shimoliy Koreya yetakchilari birgalikda daraxt ekadilar

Seshanba kuni ikki mamlakat vakillari sammitni sentabr oyida Pxenyanda o‘tkazish haqida kelishib oldilar.

Janubiy Koreya va KXDR yetakchilarining ilk uchrashuvi joriy yil 27-aprel kuni Pxanmundjomda bo‘lib o‘tgan edi, shundan so‘ng ular may oyida, Singarpurda 12-iyunda o‘tkaziladigan Amerika-Shimoliy Koreya sammiti oldidan yana bir marta uchrashgan edilar.

Yangiliklar lentasi
0