TASHKENT, 14 avg - Sputnik. Bugun Minskda Oʻzbekiston va MDHning olti mamlakati hamda KXSHT vakillari uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Unda MDH mamlakatlari havo-himoyasi tizimini rivojlantirish masalasi koʻrib chiqiladi, deb habar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
“14 avgust kuni Minskda boʻlib oʻtadigan MDH Havo himoyasi masalalari boʻyicha koordinatsiya kengashining 49-majlisida MDH havo-himoyasi tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari masalasi koʻrib chiqiladi”, - deyilgan xabarda.
Qoʻmita majlisida Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiylari, KXSHT vakillari, Rossiya harbiy sanoati vakillari, MDH rahbariyati uchrashib harbiy havo mudofaasi sohasidagi muammolarni muhokama qilishadi.

Shuningdek, majlisda 2019 yilda MDH havo mudofaa kuchlarining tezkorligi va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan, birgalikda oʻtkazish rejalashtirilayotgan tadbirlarning tashkiliy masalalari, havo himoyasini rivojlantirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar muhokama qilinadi.